O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Asosiy adabiyotlar 
1. O’zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni. Qishloq 
xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to’plami, Toshkent, 
«Sharq», NMK, 1998. 
2. I.A.Karimov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va resurslardan samarali foydalanish. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil yakunlariga bag’ishlangan 
majlisda so’zlangan nutq. «Halq so’zi» gazetasi, 2002, 21 fevral. 
3. A.S.Sultonov «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti», ma’ruzalar matni, TIMI, 2005. 
4. A.S.Sultonov, U.Hoshimov. Qishloq xo’jalik korxonalariga yetkazib berilgan suv 
uchun sarflangan xarajatlarni hisoblash uslubi. WASHINGTON STATE UNIVERSITY. Iyulü, 
1. 2006. 


54 
III Bob. Suv xo’jalik tizimlaridan foydalanishni havzaviy usulga o’tkazish va ularning 
iqtisodiy samaradorligini
oshirish tadbirlari 
 
3.1. Suv xo’jaligi tizimini boshqarish va uni takomillashtirish 
Ùar qanday davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida isloùotlarni o’tkazish usul va 
yo’llarini - o’z tarixiy udumlarini va aniq shart-sharoitlarini, rivojlangan chet mamlakatlar 
tajribalarini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi. An’analar va milliy 
xususiyatlarini ùamda mavjud tabiiy-iqtisodiy saloùiyatlarni e’tiborga olgan ùolda ishlab 
chiqishi lozim. 
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga utishning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyiliga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni 
bosqichma-bosqich Yangi bozor munosabatlariga o’tkaza borib, samarali bozor iqtisodiyotini 
chuqur bo’xronlarsiz va talofatlarsiz vujudga keltirish yo’li tanlandi. 
Amalga oshirilayotgan agro-iqtisodiy siyosat natijasida O’zbekiston ijtimoiy larzalarsiz 
o’z iqtisodiy mustaqilligi sari ishonch bilan ilgarilab bormoqda. 
Ma’lumki, respublikamizda bir necha o’n yillar moboynida iqtisodiyotda umumxalq 
mulki deb atalgan, aslida esa davlat byurokratik tizimining ixtiyorida bo’lgan mulkka davlat 
ishtiroki to’liq ùukmronlik qilib keldi. Mulkchilikning shakllari faqat ikki turdagi ya’ni: davlat 
mulki va kolxoz-kooperativ mulkidan iborat tizim rivojlantirildi. Aslida kolxoz-kooperativ 
mulki ùam amalda davlat ixtiyorida bo’lgan.
Demak, yer-suv resurslari va umuman barcha ishlab chiqarish vositalari davlatning 
tanùo ixtiyorida ùisoblangan. Bunday ùolat deùqon va meùnatkashlarning ishlab chiqarish 
voositalaridan maùrum bo’lishiga, mulkka egalik ùissiyotinining yo’qolishiga va natijada 
ishlab chiqarish samaradorligining muntazam pasayishiga olib keldi. Shu nuqtai nazardan ham, 
respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ko’p ukladli iqtisodiyotni 
shakllantirish maqsadida agrar sektorda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga alohida 
e’tibor qaratildi.
Jumladan, ko’plab vazirlik va idoralarni birlashtirgan, boshqarish nihoyatda 
murakkablashtirilib yuborilgan agrosanoat tizimiga barham berilib agrar sohada boshqaruvning 
Yangi tizimini shakllantira boshlandi. 1990 yilda «Qishloq xo’jalik vazirligi», «Melioratsiya va 


55 
suv xo’jaligi vazirligi» tashkil etildi. Sohalar bo’yicha esa aktsionerlik uyushmalari va 
birlashmalari tuzildi.
Keyinchalik bo’nday tashkilotlarning aksariyat ko’pchiligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitlariga moslashtirilib, xolding kompaniyalari va aktsionerlik jamiyatilariga aylantirildi. 
Masalan, «O’zagrakimyota’minot» davlat aktsionerlik jamiyati, «O’zbek ipagi», uyushmasi, 
«Davlat yer tuzilmasi» qumitasi, «O’zagrosug’urta»davlat aktsionerlik sug’urta kompaniyasi, 
«O’zqishloqxo’jaliklizing» aktsionerlik lizing kompaniyasi tuzildi. «Shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklar egalari» uyushmasi «Dehqon va fermer xo’jaliklari» uyushmasiga «O’zbekiston 
qishloq xo’jalik Fanlar Akademiyasi», «O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish 
Markazi»ga aylantirildi. «Qishloq xo’jaligi» hamda «Melioratsiya va suv xo’jaligi» vazirliklari 
birlashtirib, «O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi» vaziriligi tashkil etildi. 
O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkiliy tuzilmasi tarkibida «Qishloq 
xo’jalik birlashmalari», «Suv xo’jaligi xo’jalik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari», 
«Davlat boshqaruv va nazorat organlari» va «Ilmiy tadqiqot va o’quv muassalari» kabi 
boshqaruv bo’g’inlari tashkil etildi hamda ularga tegishli birlashmalar, uyushmalar. Markazlar 
va ilmiy muassasalar birlashtirildi, shuningdek Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi markaziy 
apparati tarkibida: «Paxtachilikni rivojlantirish bo’yicha kengash», «Donchilikni rivojlantirish 
bo’yicha kengash», «Sabzavot-poliz mahsulotlarini kompleks qayta ishlash va rivojlantirish 
bo’yicha kengash», «Chorvachilikni rivojlantirish bo’yicha kengash», «Qishloq xo’jaligini 
mexanizatsiyalashtirish va kimyolashtirish bo’yicha kengash» va «Yer-suv resurslaridan 
oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantrish va yer unumdorligini oshirish bo’yicha kengash» 
lar tuzildi. 
Ta’kidlash kerakki o’tkazilayotgan agrar iqtisodiy islohatlar jarayonida asosiy e’tibor 
qishloq va suv xo’jaligida boshqarish tizimini tokomillashtirish va yer-suv resurslaridan 
samarali foydalanish masalalariga qaratilgan. 
O’zbekiston Respublikasida yer-suv resurslari nihoyatda cheklangan. Shuningdek uchun 
ham, yer-suv resurslarini butun chora-tadbir va usullarni qo’llagan holda tejab va samarali 
foydalanish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yetarli miqdordagi suv 
reserslarisiz ùalq xo’jaligini, shu jumladan qishloq xo’jaligini barqoror rivojlantirib bo’lmaydi. 
Mavjud suv resurslari hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq ta’minlay olmaydi. Bundan 
tashqari Suv resurslarining aksariyat ko’p qismi qishloq xo’jaligida foydalaniladi. 
Mamlakatimizda mavjud suv resurslari davlat muhofazasidadir. Ular mulkchilik shakllari 
bo’yicha taqsimlanmagan. Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O’zbekiston 


56 
Respublikasi Konstitutitsiyasining 55-moddasida «Yer-suv umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb alohida qayd qilingan. 
O’zbekiston hududidan oqib o’tadigan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining 
suvlaridan halqaro shartnomalarga asosan foydaniladi. Biroq Markaziy Osiyo davlatlari 
mustaqillikka erishgan davrdan boshlab suv resurslarining tovar sifatidagi mavqe yildan-yilga 
ortib bormoqda. Bu jarayon respublikamizning qishloq xo’jaligidagi so’g’oriladigan yerlarga 
suv yetkazib berishda suv tansiqligini yuzaga keltirmoqda. 2004 yil ma’lumotlari 
ko’rsatishicha, mamkakat qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yer maydonlari 4132,4 ming 
gektarni tashkil qilib, aholi jon boshiga hisoblaganda 0,16 gektar to’g’ri keladi. Ayrim aholisi 
zich joylashgan Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida bu ko’rsatgich 0,12-0,13 
gektardan iborat.
Ushbu sug’oriladigan yer maydonlarini sug’orish uchun 2004 yilda 50828,5 ming m
3
suv yetkazib berilgan yoki respublika bo’yicha bir gektar sug’oriladigan yer maydonini 
sug’orish uchun 12,3 ming m
3
suv yetkazib berilgan. Samarqand, Farg’ona, Jizzax, Namangan, 
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida bu ko’rsatgich 9,8-10,7 ming m
3
ni, Buxoro, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida 15,2-19,8 ming m
3
ni tashkil etadi. 
Binobarin, 2005 yilda sug’oriladigan yerlarda har gektar hisobiga bir yilda sarflanadigan suv 
miqdori 11 ming m
3
dan oshirmaslik ko’zda tutilgan. Suv tansiqligi sharoitida bu juda 
murakkab vazifa hisoblanadi.
Sug’oriladigan yerlarga sarflanayotgan suv miqdorining viloyat va xududlar bo’yicha 
har xil bo’lishi qator omillarga bog’liq. Ya’ni. sug’orish tizimlari va sug’orish suvlarining sifati 
ortiqcha yoki kam suv sarflashga olib keladi. Ùar gektar sug’oriladigan yerlarga nisbatan 
kamroq suv sarflanayotgan Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatining aksariyat hududlarida 
sug’orish suvlarining sifati yaxshi yoki ular tarkibidv hosildorlikka salbiy ta’sir o’tkazuvchi 
turli xildagi minerallar kam.
Biroq Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Buxoro viloyati 
hududlarida qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan suvlarning sifati nihoyatda yomon. Bunday 
holat qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Bundan 
tashqari yerlar sho’rini yuvishga ortiqcha miqdorda suvlar sarf qilinadi. Shuning uchun ham 
istiqbolda yerlar unumdorligini oshirish, suvlar sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar 
majmuasini samarali amalga oshirish natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
yuksaltirish mumkin. Buning uchun esa qishloq va suv xo’jaligi tizimida bozor iqtisodiyoti 
tamoyillarini to’la joriy qilishga erishish zarur. 


57 
O’zbekiston Respublikasi suv resurslarini boshqarishning oldingi tarkibida jami 260 ta 
tashkilotlar faoliyat yuritgan bo’lsa amaldagi tarkib esa o’z ichiga 101 ta tashkilotni 
birlashtiradi yoki ular soni 159 taga qisqartirildi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tarkibidagi 
«Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi» zimmasiga: Davlatlararo suv xo’jaligi komissiyasi, 
Amudaryo va Sirdaryo suv havzalari, Markaziy dispetcherlik xizmati, Irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmalari faoliyatini samarali va bozor tamoyillari hamda mexanizmlari asosida 
tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari qilib esa: suvdan 
foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan 
maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish:
ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida 
suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini o’tkazish: iste’molchelarni suv bilan uzluksiz va o’z 
vaqtida ta’minlashni tashkil etish: irrigatsiya tizimlari suv xo’jaligi inshootlarining texnik 
ishonchliligini ta’minlash: havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning 
tezkorligini oshirish va suv iste’molchilari bo’yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq 
hisobi va hisobotini ta’minlash qilib belgilanadi. 
Respublikada suv xo’jaligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini tahlil qiladigan 
bo’lsak, u irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va 
korxonalardan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin (2.1.4-chizma). 
Mintaqalarni irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga biriktirish tuzilmasi esa 
quyidagicha: Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Andijon viloyati: 
Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Namangan viloyati: Sirdaryo-Sux 
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Farg’ona viloyati: Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmasi - Toshkent viloyati: Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi –Sirdaryo va Jizzax viloyati tumanlari: Arnasoy, Do’stlik, Zomin, Zafarobod, 
Mirzacho’l, Paxtakor, Forish va Yangiobod: Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 
- Samarqand va Jizzax viloyati tumanlari: Baxmal, Fallaorol, Jizzax: Navoiy viloyati tuman- 


58 


59 
lari – Xatirchi, Navoiy, Konimex. Navbohor: Qashqadaryo viloyati tumanlari: - Chiroqchi, 
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boqarmasi - Qashqadaryo viloyati: Chiroqchi 
tumanidagi Eski Angar zonasidan tashqari: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi - Buxoro va Navoiy viloyati tumanlari: Qiziltepa, Navoiy (Navoiy kanali zonasi), 
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari boshqarmasi - Surxondaryo viloyati: Quyi-Amudaryo 
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Qoraqolpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati.
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral kanallari 
tizimi boshqarmasi tarkibiga: Farg’ona vodiysi birlashgan dispetcherlik markazi: Katta 
magistral kanali boshqarmasi-Teshiktosh gidrouzeli, Katta Farg’ona magistral kanali 
boshqarmasi-Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi: Janubiy Farg’ona magistral kanali 
boshqarmasi - Kampirovat gidrouzeli, Janubiy Farg’ona magistral kanali boshgidrouzeli, 
Papjon gidrouzeli, Karkidon suv ombori, Qo’rg’ontepa suv ombori, Shaxrixonsoy kanali bosh 
uchastkasi va Janubiy Farg’ona magistral kanali kiritilgan. 
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral kanallari 
tizimi boshqarmasi bevosita O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vaziriligining 
Suv xo’jaligi bosh boshqarmasiga hisobdor sub’ekt hisoblanadi va o’z faoliyatini bozor 
tamoyillari asosida tashkil etadi. 
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari esa 
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy bo’linmalari hisoblanadi. 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga O’zbekiston Respublikasi va Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining buyrug’i bilan tanlov asosida lovazimga tayinlanadigan boshliq 
rahbarlik qiladi. Havza boshqarmasi boshlig’ining tanlov asosida tanlanadigan ikki nafar 
o’rinbosari bo’ladi. Shuningdek, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xuzurida Suv xo’jaligi 
kengashi tashkil etiladi, uning tarkibiga Boshqarma boshlig’i (Kengash raisi), irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmasining faoliyat ko’rsatishi hududidagi viloyat qishloq va suv xo’jaligi 
boshqarmasi boshliqlari (yoki boshliqlarning o’rinbosarlari), magistral kanallar (tizimlar) 
boshqarmalari, 
irrigatsiya 
tizimlari 
boshqarmalari 
boshliqlari 
va 
boshqa 
tegishli 
tashkilotlarining rahbarlari hamda tajribali va yuqori malakali xodimlar kiradi. 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining moliyalashtirish manbalari bo’lib Davlat 
byudjeti mablag’lari xo’jalik faoliyatidan va suv iste’molchilariga xizmatlar ko’rsatishdan 
olinadigan mablag’lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan 
tushadigan mablag’lar hisoblanadi. 


60 
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat. Ya’ni: 
magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar suv resurslarini oqilona boshqarish va uning 
tezkorligini oshirish: magistral kanal (tizim) bo’yicha suvdan foydalashning belgilangan 
tartibiga rioya qilinishini ta’minlash: magistral kanallar (tizimlar) va suv xo’jaligi 
inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash: magistral kanallarni (tizimlarni) ishonchli 
foydalanish uchun tayyorlash va uni ish holatida saqlash suv ombori va suv berish to’g’risida 
ishonchli hisob va hisobot kiritish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ajratilgan 
mablag’lar, moddiy-texnika resurslari, texnika va asbob uskunalardan foydalanish 
samaradorligini oshirish hamda ulardan maqsadli foydalanish. 
O’z navbatida, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasi suv resurslarini boshqarishni va 
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan belgilangan limitlarga asosan irrigatsiya 
tizimlari boshqarmalarga suv berishni amalga oshiradi. Bunda, magistral kanallar boshqarmasi 
irrigatsiya tizimlari hamda nasos stantsiyalari. Energitika va aloqa boshqarmalari bilan suv 
berish yuzasidan shartnomalar tuzadi, tizimning ichki nasos stantsiyalari va agregatlaridan 
foydalanish rejimini belgilab beradi. 


61 


62 


63 
Boshqarma suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etish 
barobarida tizimni suv o’lchash qurilmalari bilan zarur miqdorda ta’minlaydi, suv zamonaviy 
tizimlarini joriy etadi hamda ta’mirlash ishlarini arzonlashtiradi va sifatini oshirish maqsadida, 
resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlarni bajarishning maqbul shakl va usullarini ishlab 
chiqadi va amaliyotga joriy qiladi. 
Shuningdek, magistral kanallar (tizimlar) va suv xo’jaligi inshootlari bo’yicha suv 
resurlari oqilona boshqarilishini nazorat qilish bilan birga investitsiya dasturiga kiritish uchun 
tizimni va inshootlarni zamonaviylashtirish, rekonstruktsiya qilish hamda texnika bilan qayta 
jihozlash bo’yicha investitsiya dasturlari bajarilishini tashkil etadi. 
Ta’kidlash kerakki, agrosanoat majmuasining eng muhim tarkibiy qismini 
sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida suv xo’jaligi tizimi tashkil qiladi. Agarda qishloq 
xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan suv resurslarining ahamiyati, o’rni 
hamda sug’oriladigan dehqonchilikdagi mohiyati hisobga olinsa suv xo’jaligi majmuasining 
qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati qay darajada muhimligini yaqqol 
ko’rish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin