O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
Qisqacha xulosalar 
Mahsulot bahosida faqat uning qiymatigina aks etmasdan, balki mahsulot 
almashtirish shartlari, ya’ni sotuvchi va xaridor o’rtasidagi talab ehtiyoj munosabatlari ham 
aks etadi. Shuning uchun narx-navo qiymatning yuzaga chiqish shakli bo’lib qoladi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi qishloq xo’jaligining barcha hududlar va 
tumanlarida qishloq xo’jaligining barcha korxonalari tomonidan, bu mahsulotlarni o’rtacha 
shart-sharoitlarda ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplash va xo’jalikni boshqarish 


uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy xarajatlarning o’rnini to’ldirish hamda zarur bo’lgan 
sof foydani olishga qarab belgilanishi kerak. 
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga ko’ra tannarx rejali va haqiqatdagi tannarx 
bo’ladi, rejali tannarx me’yorlar bo’yicha hisobot tannarxi esa korxonaning haqiqatdagi 
sarflari bo’yicha hisoblanadi. 
To’la tannarxga ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni saqlash, sotish, tashish, 
yo’qotish va boshqa xarajatlar kiradi. 
Xarajatlar yig’indisi bevosita va bilvosita xarajatlardan tashkil topadi. 
Suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarga berilgan suv tannarxi manbadan suv olish va 
xo’jalik chek nuqtalariga yetkazib berish uchun sarflangan xarajatlar yig’indisidan kelib 
chiqib aniqlanadi. 
Suvdan foydalanish samaradorligi suv iste’molchilarining erishgan foydasini 
sarflangan suvning hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. 
Tayanch so’zlar 
Baho, narx-navo, xarajat, tannarx, foyda, rentabellik, ishlab chiqarish chiqimlari
ekspluatatsiya chiqimlari, kalkulyatsiya, irrigatsiya tizimlari havzaviy boshqarmasi, 
magistral kanallar, xo’jaliklararo kanallar, ichki sug’orish shaxobchasi, suv ta’minoti, joriy 
va kapital ta’mirlash xarajatlari, smeta qiymati, bevosita va bilvosita xarajatlar, xizmat 
ko’rsatish xarajatlari, ustama xarajatlar, sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin