bunda: Zm - ishlab chiqarishning me’yoriy moddiy chiqimlari, so’m:
Zzn- me’yoriy ish haqi, so’m;
R-ish haqiga proportsional taqsimlanadigan ish haqi me’yori:
F-asosiy va oborot fondlarining o’rtacha yillik qiymati, so’m:
K-mahsulot fond sig’imini, fondlar samaradorligi (ishlab chiqarishning yuqori fond
sig’imlik tarmoqlari uchun K<1, kam fond sig’imini tarmoqlari uchun esa K>1 hisobga
oluvchi koeffitsent).
Iqtisodiy asoslangan narx ishlab chiqarish barcha chiqimlari qoplanishini va zarur
miqdordagi foyda olinishi ta’minlanishi kerak. Narxga qo’shiladigan foyda miqdori har bir
me’yoriy ishlayetgan korxonada iqtisodiy rag’batlantirish fondlari tashkil qilish, byudjetga
to’lovlar berish va bank kreditlarini hisob-kitob qilish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Narx-navolar mehnat ijtimoiy sarflarini tobora to’laroq aks ettirishi, ishlab chiqarish
va muomla chiqimlari qoplanishini hamda har bir me’yoriy ishlab turgan korxonaga
muayyan foydani ta’minlashi lozim.
Narxlar tizimidagi asosiy yo’nalish-ularning mahsulot tannarxini rejali kamaytirish
va mehnat unumdorligini yanada oshirish bazasida tinmay pasaytirishdir.
Dostları ilə paylaş: