Shuning uchun ham, bizning fikrimizcha sug’orishda foydalaniladigan suvning
samaradorligini oshirishning eng asosiy omili sug’orish tizimini ekspluatatsiya qilish
xarajatlaridan kelib chiqib xo’jaliklarga yetkazib berilgan suvni sotish masalasi
hisoblanadi.
Hozirgi kunda sug’orish suvi uchun sarflanadigan xarajatlar davlat byudjeti hisobiga
amalga oshiriladi.
Sug’orish suvining tekinligi iste’molchilardan suvni tejab-tergap va yuqorisamara
bilan foydalanishlariga qiziqtirmaydi, natijada juda ko’p suvlar kanallarga shimilib yoki
parlanib ketadi, xo’jalik hududiga yetib kelgan suvlar ham har doim samarali
foydalanmaydi.
Bizning fikrimizcha bozor iqtisodi qonuniyatlaridan kelib chiqib sug’orish suvini
foydalanuvchilarga sotishni tashkil qilish kerak. Sug’orish suviga baho berishda tovar-
resurs sifatida emas, balki xo’jaliklarning suv olish nuqtasigacha suvni yetkazib berish
uchun davlat tomonidan sarflangan xarajatlardan kelib chiqib belgilash kerak. Bunda
suvning uning qiymatidan emas, balki tannarxidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Bunda
suvning sotish bahosi uning tannarxidan baland bo’lishi kerak. Suvning bahosi bilan
tannarxi o’rtasidagi farq suv xo’jaligi tizimidagi korxonaning foydasini tashkil qiladi.
Bunday korxonalar me’yoriy faoliyati ko’rsatishi uchun rentabellik darajasini 25-30 %
bo’lishi kerak. Sug’orish suviga baho belgilashda 2 stavkali tarifdan foydalanishimiz
mumkin. 1 stavka manbadan olingan va xo’jalik hududiga yetkazib berilgan har bir m
3
suvga haq to’lash.
2 stavka har bir gektar sug’oriladigan yerga qat’iy baho o’rnatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: