Qishloq xo’jalik mahsulotining xarid narxlari halk iste’moli tovarlari davlat narxlari
uchun asos hisoblanadi. harid narxlarining oshishi yoki kamayishi qishloq xo’jalik oziq-
ovqat mahsulotlari chakana narxlariga ta’sir ko’rsatadi.
O’z navbatida sanoatning qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ishlab chiqarish
vositalariga ulgurji narxlari xarid narxlariga ta’sir o’tkazadi. Qishloq xo’jalik va
melioratsiya mashinalariga, qurilish materiallari va boshqa ishlab
chiqarish vositalariga
ulgurji narxlarni kamaytirish qishloq xo’jalik mahsulotining tannarxi pasayishiga, tegishli
ravishda esa harid narxlari pasayishiga olib keladi.
Sanoat ulgurji narxlari ham qishloq xo’jalik mahsuloti narxlari bilan bog’liqdir. Bu
aloqa qishloq xo’jalik xom ashyosi hamda ishchi va xizmatchilar ish haqi orqali o’rnatiladi.
Hammaga ma’lumki chakana narxlar darajasi bilan ish haqi darajasi o’rtasida muayyan
bog’liqlik vujudga keladi. Chakana narxlar ish haqi orqali avval sanoat mahsuloti
tannarxiga keyin esa ulgurji narxlariga ta’sir o’tkazadi.
Davlat buyurtmasiga kiritilgan mahsulot narxining tarkibiy qismi bo’lgan oborot
solig’i jamiyat sof daromadining narxlar siyosati orqali davlat byudjetiga bevosita va to’la-
to’kis olish shakllaridan biridir. Oborot solig’i davlat markazlashtirilgan
moliyaviy
resurslarining asosiy manbalaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Oborot solig’i tovar
narxining moddasi bo’lgani holda narx hosil qiluvchi omil hisoblanmaydi. Uning sof
daromad tarkibidagi kattaligi narx darajasiga va foyda miqdorlariga bog’liq bo’ladi. Asosan
halq iste’moli tovarlariga shuningdek
sanoatning neft mahsulotlari, gaz va elektr
energiyasiga ulgurji narxlariga oborot solig’i solinadi. Yengil va oziq-ovqat sanoati
tarmoqlari uning asosiy manbalari hisoblanadi. Oborot solig’i
ulushi bu tarmoqlar
mahsuloti narxlarida 20% dan ko’proq, og’ir sanoat tovarlari ulgurji narxida 4% ga
yaqinini tashkil etadi.
Oborot solig’i solinadigan tovarlar doirasi asta-sekin torayib bormoqda uning ulushi
bir qancha xollarda tovarlar narxida kamaymoqda. Bunda korxonalar foydasi va xususan
fondlar haqi singari shakldagi foyda hisobiga davlat byudjetiga tushumlar ko’payadi.
Iqtisodiy asoslangan narxlar belgilash bozor iqtisodi sharoitida eng muhim
vazifalaridan biridir. Rejali narxlar hisobini quyidagi formula bo’yicha
aniqlash tavsiya
etiladi:
SqZmQZzn(1Qr)QEnFK,
bunda: Zm - ishlab chiqarishning me’yoriy moddiy chiqimlari, so’m:
Zzn- me’yoriy ish haqi, so’m;
R-ish haqiga proportsional taqsimlanadigan ish haqi me’yori:
F-asosiy va oborot fondlarining o’rtacha yillik qiymati, so’m:
K-mahsulot fond sig’imini, fondlar samaradorligi (ishlab chiqarishning yuqori fond
sig’imlik tarmoqlari uchun K<1, kam fond sig’imini tarmoqlari uchun esa K>1 hisobga
oluvchi koeffitsent).
Iqtisodiy asoslangan narx ishlab chiqarish barcha chiqimlari
qoplanishini va zarur
miqdordagi foyda olinishi ta’minlanishi kerak. Narxga qo’shiladigan foyda miqdori har bir
me’yoriy ishlayetgan korxonada iqtisodiy rag’batlantirish fondlari tashkil qilish, byudjetga
to’lovlar berish va bank kreditlarini hisob-kitob qilish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Narx-navolar mehnat ijtimoiy sarflarini tobora to’laroq aks ettirishi, ishlab chiqarish
va muomla chiqimlari qoplanishini hamda har bir me’yoriy ishlab turgan korxonaga
muayyan foydani ta’minlashi lozim.
Narxlar tizimidagi asosiy yo’nalish-ularning mahsulot tannarxini rejali kamaytirish
va mehnat unumdorligini yanada oshirish bazasida tinmay pasaytirishdir.
Dostları ilə paylaş: