Tabiiy va geografik sharoitlar ta’siri suvning mamlakat havzalari hamda mintaqalari
bo’yicha moddiy va mehnat sarflarini ancha farqlanishida namoyon bo’ladi. Bu narsa
narxlar mintaqalar bo’yicha tabaqalanishini belgilash zaruratini tug’diradi.
Tariflar tizimi puxta bo’lishi va suvdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish
vazifasini bajarishi kerak. Tariflar suv tejalganligi uchun narxdan imtiyozli skidkalarni va
suv resurslaridan ular tanqisligi sharoitida oqilona foydalanganlik uchun ustamalarni
ko’zda tutishi lozim.
Iqlim mintaqalari xilma-xilligi va ekinlarining sug’orish mintaqalari bo’yicha suv
iste’moli keskin tebranib turishi tufayli suv berish haqini to’lashning asosiy shakllari
sifatida bir stavkali va ikki stavkali tariflar qabul qilinishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarining suv iste’moli yillar bo’yicha o’zgarmaydigan O’rta
Osiyo uchun xo’jalik nuqtasida berilgan kub metr suv haqi to’lanadigan bir stavkali tarif
belgilash maqsadga muvofiqdir. Sug’orish me’yorlari tushgan yeg’inlar miqdoriga bog’liq
bo’lgan barqaror va kam namli mintaqalarda ikki stavkali tarif belgilash zarur bo’ladi.
Bunday shaklda haqining bir qismi olingan suv miqdoriga, ikkinchi qismi esa
sug’oriladigan maydonga bog’liq bo’ladi. Gektarga ko’ra haq to’lash QG’SXT
ekspluatatsion chiqimlarining shartli barqaror qismiga asoslanadi. Suv miqdoriga haq
to’lash esa ishlab chiqarish chiqimlari shartli o’zgaruvchan qismi bilan belgilanadi.
Ikki stavkali tarif sug’oruv suvidan tejab foydalanishnita’minlaydi va suv xo’jaligi
tashkilotlarini pul bilan ta’minlash barqarorligini kafolatlaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki,
suvdan foydalanish uchun haq to’lash suv resurslarini ancha tejash imkonini beradi va ishlab
chiqarish sarflari samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: