O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

8.4. Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligini aniqlash 
 
 
Yerlarni melioratsiyalashning asosiy vazifasi - qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab 
chiqarishni ko’paytirishdir. Yalpi mahsulot qiymati qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining 
natijali ko’rsatkichi xisoblanadi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun asos 
xizmatini o’taydi. 
Yalpi mahsulot miqdorini ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichi sifatida tan olgan 
holda shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarish o’sgan sari, sof daromad sarflarga nisbatan 
maksimizatsiyalashdi. Shuning uchun melioratsiya tadbirlaridan yer gektari va kapital 
qo’yilmalar birligi hisobida qancha ko’p yalpi hosil hamda sof daromad olinsa, 
melioratsiya samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Melioratsiya qishloq xo’jalik oborotida 
foydalanilayotgan yerlarda o’tkaziladigan hollarda kapital qo’yilmalar samaradorligi 
melioratsiyadan olingan qo’shimcha sof daromadga ko’ra aniqlanadi. Kapital 
qo’yilmalarning o’zini-o’zi qoplashi muddati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
Дч
К
Дчб
Дчм
К
Иб
Цб
Им
Цм
К
Ткчд
)
(
)
(
Bunda Tkchd-kapital qo’yilmalarning qo’shimcha sof daromad bo’yicha o’zini-o’zi 
qoplash muddati, yil; 
K-kapital qo’yilmalar, so’m; 
Sm va Sb-melioratsiya yerlaridan va melioratsiya o’tkazilishidan ilgari shu yerlardan 
olingan mahsulot qiymati, so’m; 
Im va Ib-melioratsiyalangan yerlarda va melioratsiya o’tkazilishidan oldin shu 
yerlarga sarflangan ishlab chiqarish chiqimlari, so’m;
Dchm va Dchb melioratsiyalangungacha olingan sof daromad so’m; Dch-
melioratsiya bilan shartlangan qo’shimcha daromad.
Yerlar melioratsiyasiga kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samarasi melioratsiya 
o’tkazilishigacha va undan keyin olingan ko’rsatkichlarni taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. 
Ko’rsatkichlar hisobi butun maydon yoki 1 gektarga o’tkaziladi. 
Melioratsiyalangan yerlar uchun maydon netto qabul qilinadi. Kapital qo’yilmalar 
iqtisodiy samaradorligini baholashda asosiy ko’rsatkich bilan birga mahsulot ishlab 


chiqarish, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish-rentabelligi darajasi 
hisob-kitobi o’tkaziladi va hokazo.
Quyidagilar 
kapital 
qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligining boshlang’ich 
ma’lumotlari hisoblanadi: melioratsiyalanadigan maydon, uning ekinlar va foydalanish 
turlari bo’yicha taqsimlanishi, asosiy fondlar turlari bo’yicha kapital qo’yilmalar, sug’orish 
rejimi, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi, mahsulot ishlab chiqarishga mehnat va 
mablag’lar sarfi. Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligining asosiy ko’rsatkichlarini 
hisoblash uchun quyidagilarni izchil aniqlash zarur; 
Gidromelioratsiya tizimlarini qurishga kapital qo’yilmalar hajmi, yerlarni 
o’zlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini asosiy fondlar bilan to’la ta’minlash; 
qishloq xo’jalik mahsulotining qiymati; 
ishlab chiqarish chiqimlari; 
sof daromad, ishlab chiqarish rentabelligi va kapital qo’yilmalarning o’zini-o’zi 
qoplash muddati. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin