O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Kapital qo’yilmalar hajmini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Kapital qo’yilmalar hajmini aniqlash
. Kapital qo’yilmalar umumiy summasiga 
(K) xo’jaliklararo shaxobcha va inshootlar melioratsiya qurilishi (Kmx) hamda ichki 
xo’jalik shaxobchasi va inshootlari (Kvx) sarflari, shuningdek yerlar o’zlashtirish hamda 
melioratsiya bilan bog’liq ishlab chiqarish yo’nalishidagi qishloq xo’jalik qurilishi sarflari 
(Kosv) kiritiladi. 
KqKmxQKvxQKosv 
Melioratsiya qurilishining kapital sig’imi muqarrar texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlar 
jumlasiga kiritiladigan ulushli kapital qo’yilmalar ko’rsatkichini ancha to’la xarakterlaydi. 
Jamlama kapital qo’yilmalarni aniqlash uchun smeta raschetlaridan, shuningdek suv 
xo’jaligi qurilishiga ulushli kapital qo’yilmalarning yiriklangan, me’yorlaridan hamda 
qishloq xo’jalik qurilishi va melioratsiyalanadigan yerlarni o’zlashtirishga kapital 
qo’yilmalarning yiriklangan me’yorlaridan foydalanish mumkin. 
Qishloq xo’jalik mahsuloti qiymatini aniqlash.
Melioratsiyaga yo’naltirilgan 
kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligiga, avvalo, yerlar unumdorligining ekinlar 
hosildorligi va ekin maydonlari tarkibi bilan belgilanadigan darajasi ta’sir o’tkazadi. 
Hosildorlik qancha yuqori bo’lsa va qimmatli ekinlarga qancha ko’p maydonlar ajratilsa, 
kapital qo’yilmalar samarasi shuncha yuqori bo’ladi. 


Qishloq xo’jalik ekinlarining yalpi hosilini aniqlash uchun ekinlar bo’yicha 
ekiladigan maydonlar hajmini va ularning melioratsiyadan oldingi va keyingi hosildorligini 
bilish kerak bo’ladi. Ekinlar kesimidagi ekiladigan maydonlar ekinlar ratsional tarkibi va 
almashlab ekishlarning qabul qilingan sxemalari asosida aniqlanadi. Haqiqatdagi 
hosildorlik 3-5 yil uchun, rejali (loyihali) hosildorlik esa ilg’or tajriba va fan yutuqlari 
xisobga olinib xisoblanadi. 
Qiymat ko’rinishidagi yalpi mahsulot chiqishi zona xarid narxlari bo’yicha 
aniqlanadi. Ozuqa ekinlariga xarid narxlari belgilanmaganligi tufayli ozuqalar qiymati suli 
narxi bo’yicha yoki chorvachilik mahsuloti qiymati orqali aniqlanadi. Birinchi holda ozuqa 
ekinlarining mahsuloti koeffitsiyentlar bo’yicha ozuqa birikmalariga aylantiriladi va suli 
xarid narxi bo’yicha baholanadi. 
SkorqU G’ K Sov, 
Bunda Skor-ozuqalar qiymati, sum; 
U-ozuqa ekini hosildorligi, s; 
G’-eqiladigan maydon, ga; 
K-ozuqa birliklariga aylantirish koeffitsiyenti; 
Sov-1 s sulining xarid narxi, sum. 
Ozuqa ekinlari chorvachilik mahsuloti orqali realizatsiya qilinishi hisobga olinsa
ozuqalarni mollarni boqishda olingan va xarid narxlari bo’yicha xisoblangan chorvachilik 
mahsuloti qiymati bo’yicha baholash ancha ob’ektiv baholash bo’ladi. Chorvachilik 
mahsuloti miqdori yalpi yig’ma va uni mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflash 
asosida aniqlanadi. Ozuqalarni chorvachilik mahsuloti turlari bo’yicha taqsimlash, ular 
iste’mol qilinishi hisobga olinib belgilanadi. 
Chorvachilik mahsuloti bo’yicha baholanadigan ozuqalar qiymati quyidagi formula 
bo’yicha xisoblanadi: 
Кед
Акед
Р
Цж
Цкор
*
100
*
*
Bunda S kor – chorvachilik mahsuloti bo’yicha baholanadigan ozuqalar qiymati 
sum; 
Sj-1 s chorvachilik mahsuloti narxi, sum; 
R-chorvachilik mahsuloti tannarxi strukturasidagi ozuqalar sarflari ulushi, % 


Ak yed –ozuqalar yalpi yig’imi, ozuqalar birligi, s; 
Ked-1 s chorvachilik mahsulotiga sarflanadigan ozuqalar miqdori, ozuqa 
birligi. 
Iqtisodiy samarani aniqlash uchun melioratsiya o’tkazilganidan keyin va shungacha 
olingan mahsulot qiymatini xisoblab chiqish kerak. Yalpi mahsulotning melioratsiya bilan 
shartlangan ( Sm) o’sishi melioratsiyalangan yerlardan olingan mahsulot qiymatidan (Sm) 
mahsulotning o’sha yerlardan melioratsiyagacha (Sb) olingan qismini chiqarib tashlash 
yo’li bilan aniqlanadi: 
SmqTSm-Sb 
Mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmi bilan barcha yerning 1 gektari, sug’oruv 
suvining 1 m
3
i, kapital qo’yilmalarning 1 so’mi kunning 1 soati hisobidagi mahsulot 
chiqarishni ham aniqlash zarur.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin