8.3. Kapital qo’yilmalarning nisbiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari va vaqt
omilining hisobi
Rejalashtirish va loyihalashda optimal variantni tanlash uchun kapital qo’yilmalar
nisbiy iqtisodiy samaradorligining ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Nisbiy samaradorlik
tanlangan variant boshqa variantlardan yaxshimi? degan savolga javob beradi.
Kapital qo’yilmalar nisbiy iqtisodiy samaradorligi xo’jalik va texnika yechimlarini
qabul qilishda, yangi qurilish yoki ishlab turgan ob’ektlarni rekonstruktsiya qilish
variantlarini tanlashda, texnika yangi turlarini ajratib olishda aniqlanadi. Aynan bir
vazifaning turli xil loyiha yechimlari variant sifatida ko’rib chiqiladi.
Nisbiy variantlar mahsulot ishlab chiqarish quvvati, hajmi, uning sifati, sarflar va
samara olish vaqti, narxlar va bir qancha boshqa belgilar bo’yicha taqqoslanadigan bo’lishi
kerak. Taqqoslanadigan variantlar bo’yicha pirovard natijalar bir xil bo’lgan taqdirda ancha
tejamli variant sarflarinigina o’zaro o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.
Variantlarni taqqoslash kapital qo’yilmalar va mahsulot tannarxi ko’rsatkichlari
bo’yicha o’tkaziladi. Lekin bu ko’rsatkichlarni xajmlilik bo’yicha taqqoslab bo’lmaydi.
Kapital qo’yilmalar mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini asosiy fondlar mavjud bo’lgan
butun davr mobaynida ta’minlaydi, mahsulot tannarxi esa faqat bir yil mobaynidagina
ta’minlaydi. Bu sarflar taqqoslanadigan bo’lishi uchun yagona xajmlilikka keltirish kerak
bo’ladi.
Keltirilgan sarflar o’z e’tibori bilan yillik joriy chiqimlar (yillik tannarxining) hamda
samaradorlik me’yoriy koeffitsiyentiga muvofiq yillik xajmlilikka keltirilgan kapital
qo’yilmalar summasidir. Keltirilgan sarflar (Ep) eng kam summasiga ega bo’lgan variant
eng tejamli variant xisoblanadi.
ZpqSQEn*Kqeng kam
Bunda Yen-kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenti.
Nisbiy iqtisodiy samaradorlikning me’yoriy koeffitsiyenti 0,15 dan past bo’lmagan
darajada belgilangandir. Bu kapital qo’yilmalar o’zini-o’zi qoplashining me’yoriy muddati
6,4 yildan (1G’015) oshmasligiga yordam beradi.
Keltirilgan sarflar iqtisodiy amaliyotda nisbatan yangi ko’rsatkichdir. Ular hisoblash
miqdorigina bo’lib qolmay, balki jamiyatning jami chiqimlarini, ya’ni fondlarni takror
ishlab chiqarish sarflarini (kapital qo’yilmalar) hamda bu fondlar amal qilishi sarflarini
(yillik mahsulot va xizmatlar tannarxi) aks ettiruvchi real iqtisodiy kategoriya hamdir.
Keltirilgan sarflar asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish, o’zlashtirish va ulardan
foydalanish bilan bog’liq to’la xalq xo’jalik sarflarini xarakterlaydi.
Keltirilgan sarflarning murakkabligi, ularning ikki yoqlamaligidadir. Bir tomondan
YenK yillik xajmlilikka keltirilgan kapital qo’yilmalar sifatida namoyon bo’ladi. Ikkinchi
tomondan-bu sof daromadning jamg’arma fondidan kapital qo’yilmalar sarflanadigan
barcha xollarda olinishi kerak bo’lgan eng kam miqdoridir. YenK o’z-o’zicha samara
xisoblanmaydi. Bu qismning vazifasi texnikani rivojlantirishga sarflangan jamg’arma
fondini tiklashdir.
Keltirilgan sarflar loyihali yechimlarning har bir varianti bo’yicha hisoblanadi.
Tamoman ravshanki, biron-bir samaraga erishishda kapital qo’yilma va tannarx kam
bo’lgan variant ancha tejamli variant bo’ladi. Bir variant bo’yicha kapital qo’yilma (K
1
)
ko’p va tannarx (S
1
) kam, boshqa variant bo’yicha esa kapital qo’yilma kam (K
2
) va
tannarx yuqori (S
2
) ya’ni K
1
> K
2
, S
1
2
yoki aksincha bo’lganda taqqoslanadigan
variantlar samaradorligini aniqlash qiyin bo’ladi. Bunday hollarda yaxshi variant keltirilgan
sarflarning eng kam summasiga ko’ra aniqlanadi.
Keltirilgan sarflar taxlili yillik chiqimlar bilan kapital qo’yilmalar o’rtasidagi
optimal nisbatni topish imkonini beradi. Qo’shiladigan keltirilgan sarflar dinamikasini
taqqoslash mazkur sharoitlar uchun kam yillik chiqimli variantni qabul qilish va katta
kapital qo’yilmalarga borish yoki ularni tejab, ishlab chiqarishning ancha yuqori
chiqimlariga ega bo’lishi kerakmi, degan savolga javob beradi.
Kapital qo’yilmalar va ishlatish sarflari tarkibini aniqlashda quyidagi qoidalarga
amal qilmoq kerak:
Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun loyihali yechimning mazkur variantiga
bog’liq bir yo’la va joriy sarflarnigina taqqoslash kerak;
Kapital qo’yilmalar va chiqimlarni ko’rib chiqilayotgan bo’g’in bo’yichagina emas,
balki qo’shni texnologik jihatdan bog’liq bo’g’inlar bo’yicha ham hisobga olish kerak.
Keltirilgan sarflarning eng kam summasi bo’yicha boshqa variantlarga nisbatan
yaxshi variant ajratib olinadi, iqtisodiy samara esa keltirilgan sarflarni tejash orqaligina
ifodalanishi mumkin. Ikki variant bo’yicha keltirilgan sarflar har xilligi yillik iqtisodiy
samarani xarakterlaydi.
Ezpq[(S
1
QEnK
1
)-(S
2
QEnK
2
)]A
2
qZp
2
-Zp A
2
Keltirilgan sarflar ko’rsatkichlari to’la summada ham, melioratsiyalanadigan
maydonning 1 gektari, mahsulotning 1 sentneri, suvning 1000 m
3
i, ishning birligiga va
hokazolar hisobidagi ulushli qiymat ko’rinishida ham qo’llanishi mumkin.
Yerlar melioratsiyasiga kapital qo’yilmalarning mahsulot ishlab chiqarish turli
hajmini ta’minlaydigan variantlarni taqqoslashda ularni samara bo’yicha taqqoslanadigan
ko’rinishiga keltirishi kerak. Buning uchun ishlab chiqarishning to’la hajmiga ega bo’lgan
variant asos qilib olinadi va boshqa variantlarga nisbatan mahsuldorlik koeffitsiyenti o’sha
asos variant bo’yicha aniqlanadi. Boshqa variantlarning keltirilagn sarflari mahsuldorlik
o’sishi koeffitsiyentiga ko’paytiriladi. Shu bilan mazkur belgi bo’yicha variantlar
taqqoslanishiga erishiladi.
Qurilishning katta muddatlarida kapital qo’yilmalar vaqt bo’yicha ishlatish
chiqimlari va daromad tushishiga muvofiq kelmaydi. Shuning uchun loyihali yechimlarni
iqtisodiy jihatdan baholashda vaqt omilini hisobga olish zarur.
Kapital qo’yilmalar taqqoslanadigan variantlar bo’yicha turli muddatlarda o’tkazilsa
yoki joriy sarflar vaqt ichida o’zgarsa, sarflar taqqoslanish uchun yagona momentga
keltiriladi, sarflar samaradorligi ularning qurilishi amalga oshiriladigan muddat mobaynida
turlicha taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Sarflar vaqtning boshlang’ich yoki oxirgi
momentiga keltirilishi mumkin. Turli vaqtdagi sarflarni bir davrga keltirish uchun keltirish
koeffitsiyenti (V) dan foydalaniladi.
Ancha keyingi yillardagi sarflarni boshlang’ich momentiga keltirish uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |