Iqtisodiy samaradorlik taqqoslashda va solishtirib qo’rishda ma’lum bo’ladi.
Samaradorlikning hisoblangan koeffitsiyenti yoki o’zini-o’zi qoplash muddati me’yoriy
ko’rsatkich bilan solishtiriladi.
Ishlab chiqilgan instruktsiya samaradorlik me’yoriy koeffitsiyentlari xo’jaliklar
ixtisoslashuviga bog’liq holda belgilangan: g’alla chorvachilik xo’jaliklari-0,10,
sabzavotchilik xo’jaliklari –0,11, paxtachilik xo’jaliklari –0,15, bog’dorchilik uzumchilik
xo’jaliklari-0,14, sholikorlik xo’jaliklari-0,16. Kapital qo’yilmalar
samaradorlik
koeffitsiyenti Yef Yen me’yordan ko’p yoki har holda kam bo’lmasa o’zini-o’zi qoplash
muddati Tf Tn me’yoridan kam yoki oshib ketmasagina samarali bo’ladi.
Shunday
qilib,
yerlar
melioratsiyasiga
kapital
qo’yilmalar
iqtisodiy
samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenti halq xo’jaligi bo’yicha o’rtacha tarmoq
darajasida belgilangandir. Umuman tarmoq instruktsiyasi kapital qo’yilmalarning ishonchli
iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini beradi.
Yerlar melioratsiyasiga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashda
melioratsiya fondlari xususiyatlarini va qishloq xo’jalik ishlab
chiqarish xususiyatlarini
ancha to’la hisobga olish zarur.
-Melioratsiya fondlari uzoq vaqt ishlatiladigan fondlardir. Ular o’zini-o’zi qoplash
muddati (6-10 yil) tugaganidan keyin ham o’z iste’mol qiymatini yo’qotmaydi, balki ishlab
chiqarish jarayonida loyiha unumdorligi bilan amal qilaveradi. Bu melioratsiya
dehqonchilikda ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan yer
kapital rejalashtirishdan
hamda melioratsiya tizimi ishga tushirilganidan so’ng o’zining eng yuqori unumdorligiga
faqat 4-5 yildan keyin erishadi. Kelajakda, yanada mukammal melioratsiya tizimlari
qurishga o’tilganda va melioratsiya jihatidan ancha murakkab yerlar o’zlashtirilganda,
ulushli kapital qo’yilmalar ortib boradi. Yerlar melioratsiyasiga kapital qo’yilmalar
iqtisodiy samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenti shu xususiyatlar xisobga olingan holda
halq xo’jaligi bo’yicha o’rtacha darajaga nisbatan ancha kam bo’lishi kerak.
Bunda melioratsiyadagi bu koeffitsiyent u ancha uzoq davrga mo’ljallanib
asoslanganda katta puxtalik kasb etadi.
Melioratsiya dehqonchiligida tabiiy sharoitlar qishloq xo’jalik zonalari bo’yicha
ancha farq qiladi. Bu esa bir turli sarflar har xil samara berishiga olib keladi.
Shuning
uchun iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti mamlakat iqtisodiy regionlari bo’yicha
differentsiatsiyalanishi kerakki, shunday qilish kapital qo’yilmalarni ancha oqilona
joylashtirilishiga yordam beradi.
Kapital qo’yilmalar va ishlab chiqarish fondlari umumiy iqtisodiy samaradorligini
aniqlashda samaradorlik koeffitsiyenti bilan birga ishlab chiqarishni
iqtisodiy baholashni
to’ldiruvchi boshqa ko’rsatkichlarni ham aniqlash kerak bo’ladi. Ularga ishlab chiqarilgan
mahsulotning maydon birligi qiymati ifodasidagi miqdorini, mehnat unumdorligini,
mahsulot tannarxini, fond samarasini, ishlab chiqarish rentabelligini kiritish lozim.
Loyihalar va rejalarni ishlab chiqish davomida olingan
iqtisodiy samaradorlik
ko’rsatkichlari rejali me’yorlar bilangina emas, balki shunga o’xshash boshqa loyihalar
ko’rsatkichlari, shuningdek, ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan ham taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: