Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Farzand (farzandlar)
– bitta 
ota-onadan dunyoga kelgan o’g’il yoki qiz (lar). 
Oila ota-ona va farzandlardangina iborat bo’lmay, balki keksa avlod (buva, buvi) 
hamda qarindoshlarni ham o’z ichiga oladi. 
Buva
– ota yoki onaning otasi bo’lsa,
 
buvi
– ota yoki onaning onasi sanaladi. Qarindoshlar oilaga qondoshlik nuqtai 
nazaridan birlashadi. 
Qarindoshlik
– bir avlod-ajdodga mansub bo’lib, bir necha 
kishidan iborat guruhni qondoshlik asosida muayyan oilaga birlashishini 
ifodalovchi biologik-ijtimoiy hodisa.
“Pedagogika” (yun. “παιδαγωγική”; “πα

ς” (“pais”) – bola, “

γω” (“agogos”) 
– etaklayman) tushunchasi esa “shaxsni shakllantirishga qaratilib, muayyan tizim 
asosida tashkil etiladigan faoliyat, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va 
vositalari haqidagi fan”
11
ma’nosini anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda, 
“pedagogika” tushuncha sifatida shaxsni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim 
hamda tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va vositalari to’g’risida ma’lumot 
beradigan fan (fanlar turkumi)ni yoritadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda o’quv fani sifatida “oila 
pedagogikasi” tushunchasini shunday ta’riflash mumkin:
9
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Мирий – Пархиш / 6-том. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2003. – 469-бет. 
10
(Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Аминов. Масъул муҳаррир 
А.Мажидов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. – 306-бет) 
2.1
11
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. – 
Наманган: Наманган давлат университети, 2014. – 149-бет.
“Оила педагогикаси”
– оилада фарзанд(лар)ни камолга етказиш, 
тарбиялашда ота-оналар ёки кекса авлод вакиллари (бува ва бувилар) 
томонидан ташкил этиладиган тарбия мазмуни, жараёни, тамойил, етакчи 
ғоя, шакл, метод ва воситалари ҳақида маълумот берадиган ўқув фанидир. 



Ma’lumki, har bir fan, shu jumladan, o’quv fani oldiga muayyan maqsad 
qo’yiladi. Odatda o’quv fanlari (har qanday fan)ning maqsadi uning mohiyatini 
umumiy nuqtai nazardan yoritishga xizmat qiladi. 
“Inson ijtimoiy biologik jonzot sifatida o’zining yashashi uchun zarur bo’lgan 
ovqat eyish, nafas olish, uxlash, jinsiy hayot, issiq-sovuqdan himoyalanish va shu 
kai biologik ehtiyojlarini, insonlar bilan o’zaro muloqot, jamiyada o’z o’rni va 
mavqeiga ega bo’lish, farzandlar tarbiyasi, o’zining yashashi va ijod qilishi, 
salomatligini saqlashi, uy-joy, kiyim-kechakka bo’lgan ehtiyojlarini, shuningdek, 
farovon turmush kechirishi uchun zarur boshqa sharoitlarni yaratish kabilardan 
iborat bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarini, moddiy ehtiyojlarini qondirish, o’z-o’zini va 
atrof-borliqni anglash, qadriyatlarni bilib olish, hayotning mazmunini tushunish 
orqali o’z yo’lini topib olish kabi ma’naviy ehtiyojlarini oilaviy sharoitda amalga 
oshiradi. Inson o’zining yuqorida sanab o’tilgan asosiy ehtiyojlarini faqat 
oiladagina to’la qondira oladi”
12
.
Yuqorida bildirilgan fikrlar “Oila pedagogikasi” o’quv fanining predmeti 
nimadan iborat” degan savolga javob topish imkonini beradi.
12
Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Аминов. Масъул муҳаррир 
А.Мажидов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. – 323-324-
бетлар. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin