Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Pedagogik mahorat”
– bo’lajak pedagog (o’qituvchilar)da pedagogik 
jarayonni metodik jihatdan to’g’ri, samarali tashkil etish, o’qituvchi va o’quvchi 
munosabatlarini oqilona yo’lga qo’yish, bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni 
tashkil etishga tayyorlash masalalarini o’rganadigan fan. Ushbu fan asoslari ota-
onalarning pedagogik bilimlarini boyitish bilan birga ularda shaxslararo, xususan, 
oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni yuksak mahorat bilan tashkil etish 
ko’nikma hamda malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ota-onalarning 
pedagogik mahorat asoslaridan xabardorliklari oila tarbiyasini tashkil etishda 
o’zlari bilan farzandlar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarning mehr-muhabbatga, 
o’zaro yordamga asoslanishini ta’minlab, har qanday ziddiyatni bartaraf etadi. 
Fanning imkoniyatlaridan foydalanish ota-onalar tomonidan farzandlar bilan 
bo’ladigan munosabatlarda muloqot uslubi (avtoritar, liberal va demokratik 
uslubi)ning to’g’ri tanlanishiga olib keladi. Qolaversa, oila sharoitida 
farzandlarning bilim olishlari va muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
o’zlashtirishlarida ota-onalarning pedagogik mahorat mohiyatini yorituvchi 
bilimdonlik, qobiliyat, muloqot, kommunikativ ta’sir ko’rsatish, pedagogik 
texnika, nutq texnikasi, refleksiya, relaksatsiya, shu bilan birga tashkilotchilik 
qobiliyatiga ega bo’lishlari oila tarbiyasining samaradorligini oshiradi.
“Pedagogik konfliktologiya”
– pedagogik konfliktlarning kelib chiqish 
sabablarini o’rganish asosida ijobiy xususiyatga ega ziddiyatlarni boyitish, ulardan 
maqsadli foydalanish, salbiy xarakterdagi nizolarni bartaraf etish yo’llari, 
tamoyillari, shakl, metod, vosita va texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga 
tadbiq etishni tadqiq etuvchi fan. Ota-onalar pedagogik konfliktlarning 
mohiyatidan xabardor bo’lar ekanlar, oila a’zolari o’rtasidagi yuzaga keladigan 
ziddiyatlarni to’g’ri baholash, ijobiy xarakterdagi ziddiyatlardan oila tarbiyasi 
samaradorligini oshirishda foydalanish, salbiy xarakterdagi nizolarni esa o’z 
vaqtida aniqlab, tezda bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Shu bilan birga “Pedagogik konfliktologiya” fani ota-onalarga oilaviy 
munosabatlarni salbiy nizolarsiz yo’lga qo’yishga yordam beradi. Ota-onalarning 
nizolar to’g’risidagi bilimlariga ega bo’lishlari farzandlarni bolalar jamoasida 
yuzaga keladigan nizolarga nisbatan to’g’ri yondashishga ham o’rgatishga xizmat 
qiladi. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, farzandlar mustaqil ravishda bolalar jamoasda 
yuzaga kelgan nizolarni hal qila olmaydi. Ana shu holatlarda ota-onalar ularga 
amaliy yordam ko’rsatadi. Agarda ularning nizolarning mohiyatiga oid bilimlari
etarli bo’lsa, u holda farzandlarga beradigan ko’rsatmalari ham ijobiy natijalarni 
kafolatlaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin