Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Genri Charlz Keri 
(1793–1879) ingliz siyosiy iqtisodiga keskin 
qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini madh 
etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar 
uyg‘unligi» (1872) kitobidir. G.Kerining 
qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U 
Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini 
rad qildi. 
G.Kerining metodologiyasi subyektiv 
idealizm va mexanisizm bilan obyektiv 
iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga 
almashtirish bilan xarakterlanadi. 
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta’riflab berishga intildi. 
U qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o‘lchovi deb, predmetga 
147
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007. 146–148-б. 


217 
ega bo‘lish uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif 
berdi. U narxni predmetning o‘zini ayirboshlash evaziga pul olish 
qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat kuchlarini 
boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol 
deb tushundi. 
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni 
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘li bilan go‘yo 
sinflar o‘rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni 
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o‘zi esa rentani 
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan 
aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta’limotida burjua 
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlarining to‘la-to‘kis 
uyg‘unligi» mavjudligini isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z 
nazariyasiga asos qilib oldi. 
G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini 
go‘yo kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi 
ham oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning 
iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan 
asoslamoqchi bo‘ldi. G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy 
ko‘payishi va ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib, 
ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan 
bog‘liq. 
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi 
manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, burjuaziya 
siyosiy iqtisodini yuksaltirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
«Manfaatlar uyg‘unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi 
zamon siyosiy iqtisodi olimlari qaytadan tiklamoqdalar. 
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning 
bekamu-ko‘stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va boshqa 
«uyg‘unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g‘oyalari Bastiadan 
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQSHning janubida 
hali qul plantasiyalari mavjud edi). 
Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali 
yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muhtoj edi, chunki 
Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular 
tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri 
kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua jamiyatidagi sinflar 


218 
o‘rtasidagi manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi ko‘pchilikka ma’qul 
bo‘lmay qoldi. 
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo‘lib, 
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida urush keltirib chiqaradi. 
Vaholanki, bu guruhlar o‘rtasida bekamu-ko‘st uyg‘unlik mavjud emish. 
Kerining «Manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi» asosida uning 
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorligining o‘sishi 
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o‘ssa, kapitalistlarniki 
esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital o‘rtasidagi 
antagonizm yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi ma’lum tezis – unumli kapital 
g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy foyda olishi 
kerak). 
G.Kerining g‘oyasi bo‘yicha tovarning qiymati uni ishlab 
chiqarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum 
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Ammo 
mehnat unumdorligining o‘sishi bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish 
uchun, shu jumladan ishlab chiqarish vositalariga sarf- xarajatlarni 
kamaytirish lozim. 
Bu esa, G.Keri bo‘yicha kapitalning qimmati pasayishiga olib 
keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir deb qaraladi. Oqibatda 
foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot hissasi ham pasayadi, shunga 
mos ravishda mehnat qimmati va uning mahsulotdagi hissasi oshib 
boradi. Bu g‘oyalarning hammasini qo‘llash qiyin (bu haqda yuqorida 
ham aytilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, avvalgi mehnatga 
hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning 
tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi 
qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa 
oshib boradi. 
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab 
berishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa 
unumdorligi past yerlarni ishga tushirishga mone’lik bildiradi. 
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida 
qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar 
uyg‘unligi» haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy 
markazlarga taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq 
xo‘jaligi va sanoat tabiiy holda uyg‘unlashgan. 


219 
(1767-1832) 
Shularni hisobga olib, Keri Buyuk Britaniyaning sanoat va 
mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa 
davlatlarni agrar xomashyo manbayiga aylantirish siyosatini inkor qiladi 
va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi. Shunisi 
qiziqqi, burjuaziya manfaatlarini himoya qilib, gohida fritrederlik 
(F.Bastia), ba’zida proteksionizm (G.Keri) «uyg‘unlik»ning doimiy 
sharti deb e’lon qilinaveradi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin