Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ijtimoiy masalalar. 
Ko‘pchilik klassiklarning konsepsiyasida 
mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan 
narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga 
bog‘liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning 
amal qilishi kishilarning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi va shuning 
uchun 
yollanma 
ishchilarning 
ahvolini 
yaxshilash 
uchun 
yo‘naltirilgan har qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. 
Ishchilarning ahvolini yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo‘yilmasini 
kengaytirish (mehnatga talab oshadi) yoki aholi o‘sishini kamaytirish 
(mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill 
dastlab ushbu tamoyillarni yoqlab chiqqan bo‘lsada, ammo 
keyinchalik undan voz kechadi. 
Sotsialistlar g‘oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy 
xarakterini tan olishi (tarixiy bo‘lganidan ularni o‘zgartirish mumkin), 
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz 
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari 
surdi va o‘z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 


213 
1.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘li bilan 
yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‘lgan 
qiziqishni yo‘qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‘rniga 
kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir 
vaqtning o‘zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba 
uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini 
taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo‘lgan. 
2.
Yer rentasini yer solig‘i yordamida umumlashtirish. Renta 
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer 
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha 
jamiyatga tegishli bo‘lishi kerak. 
3.
J.S. Mill mayda yer egalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning 
fikricha, o‘z yerida ishlovchi ko‘pchilik dehqonlar renta to‘lashdan 
ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma 
ishchilardan 
farqli 
ravishda 
haddan 
tashqari 
o‘z oilasini 
kengaytirishga moyil emas. 
J.S. Mill o‘zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi 
individual erkinlik bilan yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik 
qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar 
ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‘yoki bir-
biriga qarshi ikki yo‘nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy 
adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‘lgandek tuyuladi. Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini 
ko‘rsatib berdi. 
XVIII
asrning 
40–50-yillarida 
fransuz 
va 
xalqaro 
ishbilarmonlar orasida F.Bastianing (1801 01850) nomi va uning 
iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz ishbilarmoni 
oilasida tug‘ildi. Bastiya 40-yillari bir qancha pamfletlar chiqarib, 
ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino 
ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik 
g‘oyalarga qarshi bo‘lgan qarashlarni faol targ‘ib etdi. Bu pamfletlar 
g‘oyasi mazmun jihatdan original bo‘lmasa-da, yorqin yozilish shakli 
bilan ajralib turadi. 


214 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin