216
Genri Charlz Keri (1793-1879)
AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi.
AQSHdagi hukmron sinf 1865-yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz
siyosiy iqtisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor
edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi.
Buning sababi shuki, XIX asrning 20–30-yillarida AQSHda
kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga
kelishiga va tez o‘sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo‘lib turdi. Siyosiy kurashning
keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan
tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini
tanqid qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy
fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar Genri Charlz Keri
(1793–1879) tadqiqotlarida o‘z aksini topdi
147
.
Yirik noshirning o‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katta
yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi.
1837–40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod tamoyillari» va 1857–59-
yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. Bu
asarning qisqacha varianti 1865-yilda «Ijtimoiy fanlar uchun qo‘llanma»
nomi bilan chop etildi. Yuqorida eslangan F.Bastia shu Amerikalik
olimdan ilhomlandi.
Dostları ilə paylaş: