Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillari, 
mahsulotning hayotiy sikli, mutlaq ustunlik nazariyasi, qiyosli ustunlik 
nazariyasi, xalqaro mehnat taqsimoti, raqobat ustunligi, valuta kursi 
nazariyalari. 
16-MAVZU YUZASIDAN XULOSALAR 
 
Xalqaro savdo orqali dunyo mamlakatlari ma’lum bir tovarlar yoki 
tovarlar guruhini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni jahon 
bozoriga olib chiqish orqali undan munosib o‘rinni egallashga harakat 
qiladi. Savdoni rivojlantirish va savdo yo‘lidagi kelishmovchiliklarni 
bartaraf etish bilan bog‘liq muammolar, bugungi kunda dunyo 
mamlakatlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Mazkur bob xalqaro savdoning mohiyati, rivojlanish 
tendensiyalari va asosiy yo‘nalishlarini nazariy jihatdan asoslab beradi. 
Bundan tashqari xalqaro savdoning klassik nazariyalari, tashqi savdo 
operatsiyalarini tashkil etish, tashqi savdo va xalqaro savdo siyosatini 
amalga oshirish masalalari mazkur bob orqali har taraflama chuqur 
o‘rganish mumkin. 


422 
Jahon xo‘jaligi, jahon bozori va integratsion jarayonlarning uzoq 
tarixi bor. 
Ayniqsa, Buyuk ipak yo‘li (m.a. II asrda) davrida aniq namoyon 
bo‘lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli 
kuchaydi. II jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni 
ularsiz tasavvur etish mumkin emas. «Benilyuks» (1944), Umumiy 
bozor (1957), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960), NAFTA, EKO, Xalqaro 
valuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu 
aloqalarni ma’lum tartibga solib kelmoqdalar. 
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishsa taraqqiyot asosi 
ekanligini isbotlab bergan bo‘lsa, D.Rikardo... bu mehnat taqsimoti faqat 
ma’lum mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo‘lishi 
kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Chunki har bir davlat ma’lum sohada 
nisbiy ustunlikka ega bo‘ladi. «Nisbiy ustunlik», 
«solishtirma chiqimlar» nazariyasi xalqaro mehnat taqsimotining 
obyektiv zarurligini isbotlab berdi. 
Bu borada bir qancha iqtisodiy ta’limot, nazariya va konsepsiyalar 
ilgari surildi. 
Xalkaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha neoklassik (sof ta’limot) va 
neokeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. «Sof» ta’limot tarafdorlari 
fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor 
tamoyillari asosida rivojlanishini qo‘llaydilar (erkin raqobat, hamma 
uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo 
balansi uzuzini tartibga soladi va boshqalar). 
Neokeinschilik 
ta’limoti vakillari bu jarayondagi bozor 
munosabatlariga davlatning faol ishtirokini ma’qul ko‘radilar. 
Mustamlakachilik mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar 
bo‘yicha turli nazariyalar mavjud, ularning ko‘pchiligi metropoliya 
koloniyalari uchun ijobiy rol o‘ynaganligini himoya qiladi. Bevosita 
investitsiyalar nazariyasi mustamlakachilikda ham bo‘lib, mustaqil 
rivojlanish yo‘liga o‘tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi 
asosiy yo‘l deb hisoblanadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivoji bilan birga bir qancha 
muammolar mavjud, bu odatda boy va nisbatan qoloq mamlakatlar 
o‘rtasidagi munosabatlardir. 70-yillarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib 


423 
qabul qilindi. Mavjud muammolarni hal etish uchun BMT tomonadan 
«insoniy rivojlanish» konsepsiyasi taklif etilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin