Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

17.2.
 
O‘TISH DAVRI IQTISODIYOTI: XUSUSIYATLARI, 
KO‘RINISHLARI VA FUNKSIYASI 
 
Iqtisodiyotda o‘tish davri iqtisodiyoti degan atama mavjud. O‘tish 
davri iqtisodiyoti bu biror bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi iqtisodiy 
tizimga o‘tish holatidir. Ushbu o‘tish jarayoni natijasida o‘tish 
tizimining yangi xususiyatlari shakllanishi, rivojlanishi va ushbu 
tizimning tarkibiy asoslarini tubdan o‘zgarishi amalga oshadi. 
O‘tish iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud: 
1.
O‘tish davri iqtisodiyotida yangi iqtisodiy tizim uchun asos 
yaratishi kerak, bunda uning turli iqtisodiy tarmoqlari ham o‘z navbatida 
qayta tiklanadi. O‘tish davri iqtisodiyotida "bazaviy" atama muhim 
hisoblanadi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik shaklini; 

iqtisodiy munosabatlarning shakllari; 


429 

iqtisodiy ishtirokchilar o‘rtasidagi faoliyatlarni muvofiq- 
lashtirish shakli. 
Yangi iqtisodiyotning bazasi yaratilgach, iqtisodiy tizimning o‘tish 
davri tugallanib, yangi sifat bosqichga o‘tadi. 
2.
O‘tish iqtisodiyotining muhim xususiyati bu uning murakkab 
tuzilishidir. Bunda iqtisodiy tuzilishi o‘zgarishga uchrab, nafaqat 
iqtisodiy aloqalar turini o‘zgarishi balki bu mamlakatda bir vaqtning 
o‘zida turli xil mulkchilik shakllari ham o‘zgarishga uchraydi. Shunday 
qilib, o‘tish davri iqtisodiyoti eski va yangi asoslarning mavjudligi bilan 
bir qatorda, iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning turli 
xil shakllari mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
3.
O‘tish davri iqtisodiyoti nobarqaror rivojlanish holati bilan 
ajralib turadi, chunki eski munosabatlarning o‘zgarishi yangi institutlar 
va qoidalar yo‘q bo‘lgan sharoitda amalga oshadi, buning oqibatida esa 
eski va yangi iqtisodiy manfaatlar to‘qnashishuvi sodir bo‘ladi. 
4.
O‘tish davri ancha vaqtni talab qiladi, bu esa bir necha omillar 
bilan izohlanadi: 

o‘zgarishlarning murakkabligi va mos kelmasligi; 

tabiiy omillar; 

bir vaqtning o‘zida texnologik bazani qayta tiklash, iqtisodiyotni 
o‘zgartirish, yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish imkoniyati. 
Bu o‘rinda aytish lozimki, o‘tish va aralash iqtisodiyotlar umumiy 
xususiyatga ega: 

bozorni o‘zini o‘zi tartibga solish va davlat orqali tartibga solish 
usullarining mavjudligi; 

kapitalistik shakl va iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy 
yo‘naltirilganligi birga kelishi va boshqalar. 
Biroq, bu turdagi iqtisodlar ham sifat jihatidan farq qiladi. Ulardan 
ba’zilariga e’tibor beramiz. 
Birinchidan, aralash iqtisodiyot – bu bozorni va hukumatni 
birgalikda tartibga solishni amalga oshishi, iqtisodiyotni bir butun 
sifatida rivojlantirishni birlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizimdir. 
Ikkinchidan, aralash iqtisodiyot dunyodagi eng rivojlangan 
mamlakatlarda zamonaviy tizim sifatida mavjuddir. 
O‘tish iqtisodiyotiga kelsak, u: 

o‘z iqtisodiy asoslarini qayta takomillashtirilmaydi, biroq u bir 
iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tish uchun asos rolini o‘taydi; 


430 

aralashgan iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, u beqarorlik bilan 
tavsiflanadi; 

o‘tish iqtisodiyoti nisbatan kichik vaqtni qamrab oladi, aralash 
iqtisodiyot esa iqtisodiy tizimning doimiy holati bilan tavsiflanadi. 
O‘tish iqtisodiyotining bir necha turi mavjud, ular: 
1.
Kapitalizmdan sotsializmga o‘tish davridagi iqtisod (Sovet 
ittifoqida u 1917-yil 1930-yillarning Buyuk oktabr sotsialistik 
inqilobidan tortib 1930-yillarga qadar). 
2.
Bir xil iqtisodiy tizimga ega davlatlarda muvofiqlashtirish 
usullari turlicha, har biri o‘z asoslari va iqtisodiy siyosatiga qarab 
amalga oshadi. O‘tish davrida iqtisodiyotining bunday turlari eski 
institutlarni muqarrar o‘zgarishi, tartibga solishning yangi uslublarini 
ishlab 
chiqilishi 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning 
yangi 
nazariyalarini tanlashni o‘z ichiga oladi. 
3.
Ayrim davlatlarning iqtisodiy tizimi xalqaro iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlar tizimida muayyan mamlakatning o‘rnini o‘zgartirish 
orqali kechadi. Ushbu o‘zgarishlar sobiq mustamlakachi mamlakatlar 
iqtisodidagi kamchiliklarni bartaraf etish zarurati bilan bog‘liq. 
4.
Davlatlarning beqaror iqtisodiy holati uzoq vaqt davomida 
kechadi. Misol uchun, Lotin Amerika davlatlari, ularda 20 yildan ortiq 
vaqt davomida iqtisodiy o‘sishning past darajasi, tashqi qarzdorlikni 
ortishi, uy xo‘jaliklari daromadlarining keskin pasayishi, yuqori 
inflyatsiya darajasi va boshqalar kuzatilgan. 
5.
Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari va boshqa sotsialistik 
mamlakatlar o‘tish iqtisodiyoti. Ushbu o‘tish iqtisodiyotining o‘ziga 
xos xususiyati shundaki, sotsialistik iqtisodiy tizimdan kapitalistik 
iqtisodiy tizimga o‘tish, "sof" iqtisodiy tizimdan aralash tizimga o‘tish 
bilan amalga oshgan. 
Zamonaviy aralash iqtisodiyotda davlat quyidagi funksiyalarni 
bajarishi kerak: 
1)
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining institutsional va huquqiy 
asoslarini ta’minlash (mulk huquqini va mulk shakllarini aniqlash, 
shartnoma tuzish va bajarish shartlari, kasaba uyushmalari va ish 
beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, tashqi iqtisodiy faoliyatning 
umumiy prinsiplari va boshqalar); 
2)
bozor munosabatlardagi salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki 
bozor amalga oshira olmaydigan jarayonlar – aholini asosiy tovarlarga 


431 
ehtiyojlarini qondirish; milliy mudofaa, ekologiya, ta’lim, fan, 
sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarni hal qilish
3)
iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar: 

bozor mexanizmlarining ishlashini ta’minlash; 

davriy o‘zgarishlarni yumshatish; 

iqtisodiy shoklarning oqibatlarini bartaraf etish; 

uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning shart-sharoitlarini ta’minlash 
(ayniqsa, moliya, pul va qurilish siyosatida); 
4)
faol monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish; 
5)
mavjud daromadlarni qayta taqsimlash orqali jamiyatda 
barqaror ijtimoiy muhitni saqlab qolish; 
6)
makroiqtisodiy muvozanatni tiklash va saqlashga qaratilgan 
(xususan, to‘liq bandlik, barqaror narx darajasi) davlatning 
barqarorlashtirish siyosatini olib borish. Iqtisodiyotda rasmiy va real 
barqarorlik mavjud. Rasmiy barqarorlik – makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
(inflyatsiya, ishsizlik, yalpi ichki daromadning o‘zgarishi) bo‘yicha 
barqaror holatga erishishdir. Real barqarorlik nafaqat ishsizlikning 
pasayishi, balki ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarni ham mavjudligini 
anglatadi. 
Real 
barqarorlikka 
o‘tish 
hukumatning talabini, 
investitsiyalarni, narx va daromadni qattiq nazorat qilishni bildiradi
194


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin