432
yillar mobaynida korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning
narxlari nazorati va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qisqa vaqt
ichida bekor qildi. Ushbu boshlang‘ich shok terapiyasi bo‘lgan islohotlar
o‘z samarasini berdi, va natijada nemis iqtisodiy mo‘jizasi sodir bo‘ldi.
Germaniya o‘sha davrga qadar chuqur avtoritar va iqtisodiyotga to‘liq
aralashuvchi hukumat mavjud edi. Demak, bu “ma’muriy to‘siqlar” bir
kechada yo‘q qilinib, Germaniya rivojlanayotgan
bozor iqtisodiyotiga
ega bo‘lgan davlatga aylanishiga asos bo‘ldi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tish davri
iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun shok terapiyasi Xitoyda
bo‘lgani kabi, bosqichma-bosqich, o‘n
yilliklar davom etadigan
o‘tishdan farqli o‘laroq, bozor iqtisodiyotiga nisbatan tez va universal
o‘tishni bildiradi.
Nazariyaning asoschisi va asosiy g‘oyachisi mashhur iqtisodchi
Jeffri Saksdir. U Boliviyada, Polshada va Rossiyada “shok terapiyasi”
siyosatini ishlab chiquvchilaridan biri bo‘lgan. 1991-yil kuzidan 1994-
yil yanvarigacha Rossiya prezidenti
Boris Yelsinning iqtisodiy
masalalar maslahatchilar guruhi boshlig‘i bo‘lib ishladi. 1998-yilda Saks
rus islohotchilarining bir qator harakatlarini salbiy baholadi: "Bizni
pastga tushirgan eng muhim holat bu islohotchilarning nazariyasi va
ularning haqiqiy harakatlari orasida katta bo‘shliq bo‘lganligida bo‘ldi...
Menimcha, rus rahbariyati tafakkurida marksistlarning kapitalizm
haqida xayoliy g‘oyalari o‘rnashib qolgan: ularningcha kapitalizm – bu
imkon qadar ko‘proq
pul topib, tezroq cho‘ntaklarini to‘ldirish va
kapitalistlarning tor doirasiga xizmat qilishdir. Bu shok terapiyasi emas.
Bu zararli, oldindan belgilab qo‘yilmagan, chuqur o‘ylanmagan
harakatdir, uning maqsadi – odamlarning tor doiradagi manfaatlari
uchun boylikni keng miqyosda qayta taqsimlashdir”
195
. Shu bilan birga,
Jefri Saks shaxsan o‘zi va Bosh vazir Yegor Gaidar faoliyati haqida
ijobiy fikr bildirdi. 1994– 1996-yillarda hokimiyatga kelganlarga qarshi
chiqdi.
The
American Time jurnali, Jeffri Saksni ikki marta dunyoning eng
kuchli 100 lideri sirasiga kirgazdi. The New York Times gazetasi unga
“dunyodagi eng muhim iqtisodchisi”, “Time” jurnali esa dunyodagi eng
taniqli iqtisodchi deb tan oldi. “The economist” jurnaliga ko‘ra, uni
195
Независимая газета,
31 декабря 1998. См.
http://old.russ.ru/politics/articles/99-03-30/kiva.htm
433
so‘nggi o‘n yil ichida eng kuchli uchta iqtisodchi
orasida turishini
aytgan.
Dostları ilə paylaş: