435
korxonalarini
xususiylashtirish
jarayoni
Rossiyaning
"yovvoyi
kapitalizm" qaraganda og‘riqsiz o‘tishi
uchun bir muncha uzoq vaqt
ketdi.
Bugungi kunda, Polsha post-sovet davlati sifatida Yevropa
davlatlariga xos bo‘lgan turli xil iqtisodiy muammolarga qaramasdan
YaIM eng yuqori o‘sish sur’atiga ega va 1993–2004-yillardagi daromad
darajasi yuqorilashganini
hisobga olgan holda, 2004-yil 1-mayda
Yevropa Ittifoqiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya (1992–1998-yllar) shok terapiyasi.
Rossiyada keskin
iqtisodiy islohotlar 1992-yil 2-yanvardan boshlangan. Ular E.Gaydar
tomonidan klassik “shok terapiyasi” ssenariyasida emas,
balki uning
asosiy shartlaridan biri bo‘lgan - inflyatsiya darajasining keskin pasayshi
(1991-yilda Rossiyada o‘rtacha yillik inflyatsiya yiliga 301,5%, 1996-
yilda esa 21,5 % bo‘lgan) va 1992-yilda “shok terapiyasi”ning talablariga
zid bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi budjeti YaIMga nisbatan 40%lik
taqchillik bilan amalga oshgan.
Rossiya akademigi A.D. Nekipelovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada
amalga oshirilgan shok terapiyasi (iqtisodiy faoliyatni maksimal
erkinlashtirish, davlat mulkini o‘zboshimchalik bilan taqsimlash, yalpi
talabdagi jiddiy cheklovlari sababli moliyaviy beqarorlik) kambag‘al
bozor tizimini yaratishga olib keldi. Uning xususiyatlari sifatida Rossiya
akademigi A.D. Nekipelov quyidagilarni ko‘rsatdi: “iqtisodiy
faoliyatning misli ko‘rilmagan darajada pasayishi,
real sektorda
kapitalning daromadlilik darajasining foiz stavkasi oshishi va bu
sharoitda butun iqtisodiyotning muqarrar ravishda moliyaviy va savdo
spekulyasiyatsiga yo‘naltirilishi, va “yomon barqarorlik” paydo
bo‘lishidan kelib chiqqan surunkali moliyaviy inqirozga: ya’ni
quyidagicha: budjet defitsiti – davlat xarajatlarining qisqarishi – ishlab
chiqarishning pasayishi va budjetga yo‘naltiriladigan
soliqlarning
qisqarishi”.
Rossiyada birinchi nisbiy iqtisodiy yutuqlar 1998–yildan keyin
o‘zini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik ularni iqtisodiy siyosatning keyingi
konservatizmi natijasi deb biladi. Shunday qilib,
tovarlarning taqchilligi
1992–yil boshida import hisobiga bartaraf etildi, inflyatsiya 1998–yilda
83% ga kamaydi va 1997–yilda birinchi o‘sish kuzatildi.