440
−
davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali kapitalni mamlakat
ichida saqlab qoldi;
−
iqtisodiyotning rejali rivojlanishi amalga oshirildi;
−
ijtimoiy ta’minot va kafolat tizimi
yaratildi;
−
sanoatini faol kengaytirish shart-sharoitlari yaratildi;
−
iqtisodiyotning ilmsig‘imli tarmoqlari yaratildi;
−
hukumatining tarkibiy tuzilishi qayta isloh qilindi.
Gollizm siyosati birinchi mavjud reja asosida amalga oshmadi,
chunki mamlakatda siyosiy qarama-qarshiliklar mavjud edi, sotsializm
va kapitalizm to‘qnashuvlari muntazam bo‘lib turardi. Lekin,
keyinchalik ular o‘rtasida kelishuv amalga oshirilib,
sotsializm va
kapitalizm vositalari qo‘llaniladigan milliy iqtisodiyot tiklana boshlandi.
Mamlakatda siyosiy mexanizmlarni o‘zida mujassam- lashtirgan ijtimoiy
yo‘naltirilgan iqtisodiyot amalga oshirila boshlandi. Ijtimoiy kafolat va
milliy daromadni qayta taqsimoti barqaror rivojlanayotgan davlatning
yaratilishiga asos bo‘ldi.
Aerokosmik, raketa, avtomobilsozlik, kemasozlik,
kimiyo kabi
iqtisodiyotning ilmiy tarmoqlari progressiv rivojlantirildi. Bu tarmoqlar
jahon bozoriga yuqori talabga ega tovarlarni etkazib bera boshladi.
Qishloq xo‘jaligi, yangi ko‘rinishni olib, tezlik bilan rivojlandi,
meva-sabzavotlarni yetishtirishda yuqori texnologiyali uskunalar
ishlatila boshlandi. Fransiya jahon bozoriga sifatli qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari bilan chiqdi va hatto AQSHning sut mahsulotlarini, alkogol
ichimliklarini surib tashadi.
Iqtisodiyotda gollizm siyosatini qo‘llanilishi
Fransiyani iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: