417
insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o‘zini
rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak.
Insonni rivojlantirishning asosiy mezoni umr ko‘rish davomiyligi,
savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda
etadigan Insonni rivojlantirish indeksidir. Davlatning
farovonligi faqat
daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanilishiga
ham bog‘liqdir. Daromadlar mo‘may bo‘lishining o‘zi insonni
rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni rivojlantirishning
ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni
farqlash kerak. Insonni barqaror rivojlantirish faqat iqtisodiy o‘sishni
ta’minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham
nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini,
ular imkoniyatlarini
kengaytirishni, ularning o‘z turmushlariga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarni
qabul qilishda ishtirok etishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunday
rivojlanish insonlar manfaatini ko‘zlaydi, ular uchun ish joylarni
ko‘paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda
insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy
jamg‘armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo‘lmoqda. Ishlab
chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik muhim bo‘lmasin, insonni
rivojlantirishga sarmoyalarga tobora ko‘proq ustuvorlik berilmoqda.
Ya’ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy
o‘zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir
bo‘lmoqda.
Insonni rivojlantirish konsepsiyasi nihoyatda ko‘p qirrali, uning
inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo‘llanilishi imkoniyatlari
keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi insonni rivojlantirish
to‘g‘risidagi ma’ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma’ruzalari
xuddi shundan dalolat beradi. BMT Rivojlanish dasturining 1990-
yildagi bunday birinchi ma’ruzasida insonni rivojlantirish nazariyasi va
uni o‘lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda
urbanizatsiya muammolariga bag‘ishlangan qism ham mavjud edi. Ana
shundan keyingi ma’ruzalar boblari hayotiy ehtiyojlar, odamlar
xavfsizligining turli mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga
ijtimoiy
rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning
418
yangi yo‘nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish biland bandlikka
globallashuvning ta’siri, iste’mol modellari, insonni rivojlantirish bilan
barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik kabi
ko‘pgina masalalarni qamrab olgan.
Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni fakat
ijtimoiy hayotning an’anaviy ma’naviy sohasidagina emas, takror hosil
qilish jarayonlarida ham insonga markaziy o‘rinni ajratadi. Bunda inson
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning birlamchi
va pirovard maqsadi
ekanligi e‘tirof etiladi. Ya’ni rivojlantirishning insoniy yoki ijtimoiy
mezoni dominanta bo‘lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu
rivojlanishning sharti deb belgilanmoqda.
2000-yilning sentabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Dostları ilə paylaş: