Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
kaftdagiday ko‘rinib turardi. 
“Qaysi go‘rdanam uni uchratdim”, — o‘yladi bo‘zbola. 
Hamma balo lo‘li kampirning tushni ta’birlaganidan boshlandi-da. Na lo‘li, na qariya 
uning cho‘pon ekaniga ahmiyat berdi. Ha, hamma narsadan ko‘ngli sovugan bu yolg‘iz 
odamlar cho‘pon degan zot qo‘y bilan tirik ekanini qaydan bilsin. Santyago suruvdagi har 
qaysi qo‘yning bir qarashdayoq ichi-sirtini aytib bera oladi: unisi — qisr, narigisi ikki 
oydan so‘ng qo‘zilaydi, hov, chetdagilari — suruvning eng sudralganlari, yalqov. U 
qo‘ylarni qirqishni, bo‘g‘izlashni uddalaydi. Agar biror yoqqa ketguday bo‘lsa, qo‘ylari uni 
qumsaydi, egasiz bo‘lib qoladi.
Shamol turdi. Bu shamol unga tanish edi — odamlar buni “lavanta shamoli” deyishardi
chunki O‘rtaer dengizining sharqiy qismidan, Lavantadan kelgan mavrlarning yelkanlarini 
ko‘targan shu shamol edi. Bo‘zbola, hali Tarifda bo‘lmagan esa-da, Afrika qirg‘oqlari juda 
yaqin ekaniga shubhalanmasdi. Bunday qo‘shnilik xatarli — mavrlar yana bostirib kelishi 
mumkin. Shamol kuchaydi. “Baribir qo‘ylarim va xazina bilan oramizni buzib 
yuborolmas”, — o‘yladi Santyago. Endi ikkisidan birini — yo o‘zi odatlangan mashg‘ulotni 
yoki ko‘ngli tusab turgan narsani deyishi kerak. Aytgancha, o‘rtada do‘kondorning qizi 
ham bor, biroq qo‘ylar muhimroq, chunki ular Santyagoga muhtoj. Qizaloqqa — baribir. 
Darvoqe, uni eslarmikan? Bo‘zbola adashmas-ov: ikki kundan keyin uning oldida paydo 
bo‘lsa, qizaloq tanimaydi, chunki qizaloq uchun kunlar bir xilda o‘tadi, kunlari ikki tomchi 
suvday yakrang odamlar har tong quyosh charaqlab chiqib, turmushiga ro‘shnolik 
bag‘ishlayotganini payqashmaydi.
“Men otamni, onamni ham, tug‘ilgan qishlog‘imdagi qal’ani ham tashlab keldim, — 
o‘yladi u. — Ular ayriliqda yashashga ko‘nikishdi, men ham shunga odatlandim. Demak, 
bunga qo‘ylar ham ko‘nikadi mening yo‘g‘imda”.
U yana maydonga tepadan turib qaradi. Makkabodroq savdosi qizigandan qizirdi: ana, 
qariya bilan haligina gurunglashgan so‘rida endi bir juft oshiq qaymoqlashib o‘tirishibdi.
“Savdogar...” — o‘yladi Santyago, biroq fikrini yakunlashga ulgurmadi — kuchaygan 
“lavanta shamoli” shiddat bilan to‘g‘ri yuziga urildi.
Shamol faqat bosqinchi mavrlar yelkanlarini ko‘tarib qolmagan, balki o‘zi bilan xavotirli 
sahro garmselini, chodralarga o‘rangan ayollar bo‘yini, bir zamonlar nimalarnidir qidirib
oltinu sarguzasht ishtiyoqida izg‘iganlarning ter va umid-orzulari hidini ham olib kelgan. 
Shamol ehromlar nafasini ham olib kelgan. Bo‘zbolaning erkin, daydi shamolga havasi 
keldi va o‘zi ham uningday bo‘la olishini his etdi. O‘zidan boshqa hech kim yo‘lini to‘sa 
olmaydi. Qo‘ylar, movutchining qizi-yu Andalusiyaning yaylovlari — bular bari o‘z Yo‘lini 
topguncha bosib o‘tiladigan so‘qmoqlar, xolos.
Ertasi kuni choshgohda u bozor maydonida paydo bo‘ldi va o‘zi bilan oltita qo‘yni haydab 
keldi.
— G‘alati ish bo‘ldi, — dedi u qariyaga. — Do‘stim hech qanday gap-so‘zsiz mendan 
butun bir otarni sotib oldi va umr bo‘yi cho‘pon bo‘lishni orzu qilgandim, dedi. Yaxshilik 
alomati bu.
— Hamisha shunday bo‘ladi, — javob qildi qariya. — Buni Xayrli Ibtido deyishadi. Agarda 
sen, misol uchun, hayotingda birinchi marta qarta o‘ynashga o‘tirsang, aftidan, yutgan 
bo‘larding. Boshlovchilarning omadi keladi.
— Nega bunday bo‘ladi?
— Chunki hayot sening o‘z Taqdiring yo‘lidan borishingni xohlaydi va omadlarni yor etib
ishtahangni ochadi.
Shundan so‘ng qariya qo‘ylarni kuzata boshladi va bittasi oqsoqlanayotganini aytdi. 
Bo‘zbola buning ahamiyati yo‘qligini, suruvdagi eng aqlli, boz ustiga, eng ko‘p jun 
beradigan shu qo‘y, deya tushuntirdi.


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin