Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
olib, qiroat bilan bir nimalarni aytib qichqirayotgan ruhoniylarni ko‘rdi, ayni damda 
atrofdagilar tiz cho‘kishar va manglaylarini yerga tekizishardi. 
“Ko‘chmanchi musulmonlarning makoni. Ularning urf-odatlari ham shu yerda ildiz 
otgan”, — dedi ichida u. 
U bolaligida qishloqlaridagi cherkovda avliyo Yoqubning suratini ko‘rgandi — mavrlarni 
mahv etgan g‘olib oq ot ustida, qo‘lida qilichni baland ko‘targan holda tasvirlangan, 
uning poyida hozir yemakxonada Santyago bilan yonma-yon o‘tirishgan kishilarga 
o‘xshash so‘xtasi sovuq odamlar mukka tushgan. Bo‘zbola sarosimalandi — u o‘zini juda 
yolg‘iz his etdi. 
Boz ustiga, safarga chiqishdan oldin u bir narsani xayoldan faromush qilgan ediki, ayni 
shu narsa uning xazinaga boradigan yo‘lida uzoq vaqt to‘siq bo‘lishi mumkin edi. Zotan, 
bu mamlakatda hamma arabcha gaplashardi. 
Yemakxona xo‘jayini uning oldiga keldi va Santyago imo-ishoralar bilan yonidagi stolda 
o‘tirganlar ichayotgan ichimlikdan unga ham olib kelishini so‘radi. Bu achchiq choy ekan. 
Bo‘zbola vinoni xush ko‘rardi. 
Sirasini aytganda, buning ahamiyati yo‘q — faqat xazina va ungacha qanday yetib borish 
haqida bosh qotirishi kerak. Sotgan qo‘ylaridan tushgan pul anchagina, ular hamyonida, 
o‘zining kuchini ko‘rsatsa, harqalay, kishi yolg‘izlik azobidan unchalik ozor chekmaydi. 
Tez-orada, atigi bir necha kundan keyin, u ehromlarga yetib boradi. Sof oltindan 
yasalgan ko‘kraksiparli qariya besh-oltita qo‘yini olib, boyib qolish uchun uni anoyi 
qilmagandir. 
Qariya unga belgilar haqida gapirdi va Santyago, bo‘g‘ozdan suzib o‘tgunicha, faqat 
shular haqida o‘yladi. Gap nimadaligini u tushundi: Andasuliyada sang‘ib yurib, yerdagi 
va osmondagi belgilarga qarab o‘zini oldinda nimalar kutayotganini bilib olishga urindi. 
Chumchuq ilonning bekinib turgan joyidan xabar yetkazishi mumkin; buta shu atrofda 
jilg‘a yoki daryo borligidan darak beradi. Bularning bariga uni qo‘ylar o‘rgatdi. 
“Agar ularni Tangri yo‘llab turgan bo‘lsa, U menga ham yo‘ldan chalg‘ishimga monelik 
qilmaydi”, — o‘yladi Santyago va biroz xotirjam bo‘ldi. Shunda hatto choy ham unchalik 
taxir tuyulmadi. 
— Sen kim bo‘lasan? — tuyqusdan ispancha so‘z eshitildi. 
Santyago beixtiyor yengil tortdi: u belgilar haqida o‘ylayotgandi va mana, belgi berildi. 
Unga ovoz bergan taxminan uning tengquri, yevropacha kiyingan bo‘lib, faqat terisining 
rangi shu yerlik ekanini bildirardi. 
— Sen ispanchani qayoqdan bilasan? — so‘radi Santyago. 
— Bu yerda uni qariyb hamma biladi. Ispaniya ikki soatlik yo‘l. 
— Kel, o‘tir, men seni biror narsa bilan mehmon qilay. O‘zingga ham, menga ham vino 
buyur. Choyga uncha tobim yo‘q. 
Bu mamlakatda vino ichishmaydi, — javob qildi u. — Vino ta’qiqlanadi. 
Shunda Santyago ehromlargacha yetib borishi zarurligini aytdi. Xazina haqidagi gap 
og‘zidan chiqib ketishiga bir bahya qoldi, biroq vaqtida tilini tishladi: aytib bo‘ladimi, bu 
arab unga yordam berishi evaziga xazinaning bir qismini talab qilishi mumkin-ku. 
Bo‘zbola qariyaning gaplarini esladi: qo‘lingda, o‘zingniki bo‘lmagan narsani va’da qila 
ko‘rma. 
— Meni ehromlargacha olib borolmaysanmi? Buning uchun men senga haqini to‘lardim. 
— Sen tasavvur qila olasanmi o‘zi, uning qaerdaligini? 
Santyago yemakxona xo‘jayini ularning yaqiniga kelib, gurungni jon qulog‘i bilan 
eshitayotganini payqadi. Garchi uning oldida gapirgisi kelmayotgan bo‘lsa-da, bo‘zbola 
omadi chopib uchratgan yo‘l boshlovchini qo‘ldan chiqargisi kelmasdi. 
— Butun Sahroni kesib o‘tishingga to‘g‘ri keladi, — dedi u. — Buning uchun pul kerak. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin