"psixologiya"


 Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining 
asosiy bosqichlari. 
Psixologiya tashqi olamni faol ravishda sezgilar, idrok, tafakkur,
hissiyot va boshqa shaklda aks ettiruvchi psixik jarayonlar va psixik xodisalar 
haqidagi fandir. Ko’p asrlar davomida psixologiya tavsifiy bilimlar sohasi 
sifatida shakllandi.
Qadimgi zamonlardan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari har bir kishidan 
boshqa kishilarning psixologik xususiyatlarini, ularning xarakterlarini, xulq-
atvorini o’rganishni va hisobga olishni taqoza qilgan. Hayot davomida 
boshqalarning xulq-atvorini kuzatish, ulardan amalda foydalanishga intilish 
jarayonida kishi ruhiy olamida (psixikasida) ko’p tushunarsiz, ba’zan sirli 
xodisalarga duch kelganlar. Bunday xodisalar jonning ishi deb tushunilgan.
Ularning tasavvuricha, jon o’z mohiyatiga ko’ra o’lmas, boqiy, ko’rinmas,
hidsiz, ilohiy (xudo tomonidan berilgan) xususiyatdir. Tana jon uchun 
vaqtinchalik joy. Jon tanadan chiqib ketishi, qaytib kelishi mumkin, jon tanani 
boshqaradi deb hisoblaganlar. Kishilar hayotida uchraydigan (masalan, tush 
ko’rish, alahsirash, jahl, o’lim va h. k. ) xodisalar jonning faoliyati va 
xususiyati bilan tushuntirilgan. Masalan, tush ko’rish - jonning tanada chiqib 
ketishi va boshqa jonlar bilan uchrashishi, o’lim - jonning qaytib kelmasligi 
bilan tushuntirilgan. Jonning o’zini turlicha tasavvur qilganlar. Gretsiyalik
mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni "uchquncha"dan,
Demokrit (eramizdan oldingi V asr) "olov atomi"dan iborat deb hisoblaganlar.
Shu bilan birga tabiatni o’rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi 
tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasida psixika (jon) haqidagi 
bilimlar ham ilmiylashib borgan. Eramizdan oldingi VI asrda yashab o’tgan 
grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga 
asoslanib, psixikaning organi MIYA degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik 
ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak 
bo’lsa kerak degan fikrni himoya qilganlar. "Medisina fanining otasi" Gippokrat 
(eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament "mijoz" 
deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamenti kishi 
tanasidagi "sharbatlar" (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nisbati bilan 
tushuntirilgan. Shunday qilib psixikani ilmiy tushunishda ilmiy tushunishga 
katta qadam qo’yilgan.



Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi") 
makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi. 
Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi 
degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil 
narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani 
maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida 
aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar 
hisoblanadi. Aristotel tomonidan yoritilgan sezgilar, ularning turlari,
assosiasiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani 
yo’q.
Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va medisina 
sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari 
haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi. 
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib 
berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Inson 
tanasi mashinaga o’xshatiladi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi.
Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi 
fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib "aks ettirish" degan ma’noni anglatadi) 
xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi.
XIX -XX asrga kelib barcha fanlar sohasida (ayniqsa biologik va aniq 
fanlar) erishilgan yutuqlar ta’siri ostida psixologiya fanida, psixikani 
tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi.
XIX - XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida 
rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida, ayniqsa biologiya, sezgi organlari 
fiziologiyasi, 
psixofizika 
va 
psixofiziologiya, 
oliy 
nerv 
faoliyati 
fiziologiyasining rivojlanishi, hamda psixologiyaga pedagogika, medisina,
ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to’rt bosqichga bo’lish 
mumkin:
I. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil 
avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz 
voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar.
II. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida 
XVII asrda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon 
bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi 
o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.
III. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda shakllangan bo’lib,
psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik 
xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni 
o’rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari ostida yotgan motivlar 
hisobga olinmagan.
IV. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va 
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani 
psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq 
fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin