O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
11 va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, xuquq va madaniyatshunoslik kabi
o’nlab fan sohalaridir.
3
4. Psixologiya fanining metodlari. Ma’lumki, har qanday fan o’zining predmetining mohiyatini yoritish va
materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular
fanning
metodlari deb yuritiladi. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari
xilma–xildir. Shu bilan birga, ularni klassifikasiya qilish ham turlichadir. Biz
mashhur rus psixologi B. G. Ananyev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni
sanab o’tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to’rt guruhga bo’ladi:
Tadqiqot ishlarining birinchi – tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash,
longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoklama) deb atalgan turlarni oladi.
Tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo’lib,
unga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat,
intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, biografik kabilar
kiradi.
Tadqiqot metodlarining uchinchi guruhiga statistik (miqdor) va psixologik
(sifat) metodlari kirib, ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangandir.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchi – sharhlash guruhi genetik va donalash
metodlaridan iboratdir.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos
metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks
tarzda o’rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o’z vaqtida va
professional tarzda qo’llay bilish va olingan natijalardan to’g’ri xulosalar
chiqara olishdir.
Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Psixologiya fani nimani o‘rganadi? A) odamlarning ruhiy xususiyatlarini
B) tirik mavjudotlarning o‘z tanasidan va tashqi muhitdan kelayotgan
qo‘zg‘atuvchilarga bergan javoblari
C) kishilar ongini
D) psixikani, psixikaning zohir bo‘lish mexanizmlarini va qonuniyatlarini