214
bu erda :
X - eksport hajmi ;
M - import hajmi .
Dunyoning ko’pgina davlatlarida sof eksport hajmi asosiy ayniyatning boshqa
ko’rsatkichlariga nisbatan YaIM hajmiga kam ta’sir ko’rsatadi (o’rtacha 3-4 %
YaIMdagi ulushi).
Asosiy ayniyatni o’zgartiramiz :
Y –C- G = I + X
n
Ifodaning chap tomoni Y- C- G milliy jamg’armani beradi, ya’ni uy xo’jaligi
iste’moli va davlat talabini kondirilgandan so’ng qolgan qismi hisoblanadi Shuning
uchun Y –C- G ifodani S bilan belgilab olamiz .
S = Y –C- G .
Endi ifoda quyidagicha tus oladi : S = I + X
n
yoki (I - S) + X
n
= 0
(I - S) + X
n
= 0 bu ayniyat milliy hisoblarning asosiy ayniyati bo’lib,
xalqaro
oqimlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi, ya’ni
oldindan belgilangan
jamg’arilgan kapital (I - S) va xalqaro oqimlar X
n
.
(I - S) + X
n
= 0 tenglamadagi har bir ishtirokchi ko’rsatkich o’ziga xos
nomlanishga ega va o’ziga xos funktsiyaga ega .
(I - S) to’lov balansida kapital harakati schyoti
deb ataladi va ichki
investitsiyaning ichki jamg’arishdan ortiqligini ifodalaydi.
Investitsiya mamlakatdagi jamg’armalarni oshirishi mumkin, ya’ni
tadbirkorlar investitsion loyihalarni chet el
kapitali ishtiroki orqali
moliyalashtiradilar. Bundan kelib chiqadiki kapital harakati schyoti tashqi qarzlar
orqali moliyalashtiriladi, ya’ni ichki kapital jamg’armasi hajmiga teng bo’ladi.
X
n
ni biz sof eksport deb atagan edik. (I - S) + X
n
= 0 tenglamada esa X
n
o’zida chetdan sof eksport evaziga olingan summani ifodalaydi va to’lov
balansining joriy schyot yoki joriy operatsiyalar schyoti deb yuritiladi.
(I - S) + X
n
= 0 ayniyatiga kaytadigan bo’lsak agar ayniyatda (I - S) miqdor
musbat (ijobiy) qoldiqqa ega bo’lsa, X
n
manfiy (salbiy) bo’ladi degani. Bu o’z -
215
o’zidan kapital harakati schyotini musbat qoldiqqa ega ekanligini va to’lov balansi
schyotida defitsit bo’lganligini anglatadi, bu shuni anglatadiki, biz jahon bozoridan
eksportga qaraganda importni ko’proq qilishimiz kerak.
Aksincha agar (I - S) manfiy qiymatga ega bo’lsa X
n
musbat bo’ladi. Unda
kapital harakati schyotida defitsit va joriy operatsiyalar schyotida musbat (ijobiy )
saldoga ega bo’lamiz. Bunda mamlakat jahon bozorida kreditor rolini bajaradi va
importga qaraganda eksportni ko’payganini anglatadi.
Agarda milliy jamg’arish mamlakat ichidagi jamg’armadan ortib ketsa,
ortgan qismi chet elga investitsiya qilinishi mumkin.
Agarda aksincha mamlakat ichidagi investitsiya milliy jamg’armadan
ortib
kets, unda biznining mamlakatga investitsiya qilinishi kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: