O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 “Resurslar – tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
makroiqtisodiyot

 
1.3. “Resurslar – tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli 
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida 
echiladi: 
- optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan 
foydalanishdan maksimal foyda olish; 
- alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish 
yo’nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali. 
Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko’ra o’z maqsadlariga 
erishishi uchun xo’jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati 
shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan 
olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun 
xarajatlarni kamaytiradi.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
1) 
ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab 
chiqaradi) muvofiqlashtirish;
2) 
iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) 
muvofiqlashtirish;
3) 
ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni 
muvofiqlashtirish. 


 8 
Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning 
ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi 
o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqi 
o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen 
o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar 
aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy 
xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad 
oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. 
Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy 
xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar. 
Quyida keltirilgan 1-chizmadan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima 
iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy 
xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab 
chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, 
noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. 
Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari 
kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi 
kerak bo’ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab 
chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori. 
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor 
tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif 
modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar 
bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan 
resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi. 


 9 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin