30
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha
odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi
masalalarni ham o’z ichiga oladi.
2013 yil davomida ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash
bo’yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 970 ming
kishi ish bilan ta’minlandi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ushbu sohalarda
480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod
yangi ish o’rinlari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: