125
Jumladan, 2013 yil bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3
foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan
belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir.
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan
likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib
qolayotganligi va ushbu ko’rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2
barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har
qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to’la bardosh bera olishini tasdiqlaydi.
Banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatish indikatorlari, jumladan, bank
xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to’g’ri
keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko’pi yuqori
bahoga to’g’ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to’g’ri
keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag’i soni 1028 birlikni tashkil etib,
bu bo’yicha ham (1000 tadan ko’pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq
kelmoqda.
Shuningdek, yuqoridagi qaror talablari bo’yicha respublika bank tizimida
depozitlar hajmi dinamikasi, kredit qo’yilmalari hajmining o’zgarishi kabi
indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil
20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan,
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank
sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari
tijorat banklarining hududlardagi filiallari ko’rsatkichlarining yuqoriligini
ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: