109
3-jadval
O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari
Yil
Davlat byudjeti
xarajatlari, mlrd.
so’m
Davlat byudjeti
daromadlari,
mlrd. so’m
Davlat byudjeti
kamomadi, YaIM
ga nisbatan %
2013
25833,7
26223,1
+0,3
Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan
ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet
daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga
kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital
quyilmalarini amalga
oshirishning zarurligi;
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga
bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga
oshirilayotgan davlat zayomlari;
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi
summasi;
• byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining
o’zgarishi;
• va boshqalar.
110
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar
kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali
xorijiy
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan
xorijiy davlatlar, banklar
va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro
huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni
qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat
qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki
bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy
majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining
daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va
shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga
oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi
shartnomalar;
• o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish
va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu
jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
• va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli
(besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq
111
ravishda (zayom
shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining
miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal
summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy
tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim
etilgan davlat kafolatlari
bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy
tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat
bo’ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati
sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon
boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik
tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish
va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq
keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining
YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan
oqilona qarz siyosatining natijasidir.
Dostları ilə paylaş: