O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
makroiqtisodiyot

21-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial 
hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab 
chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin. 
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida 
davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik 
sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) 
o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining 
haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat 
ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo 
eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun 
byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni 
amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining 
tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet 
daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. 
Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi 
mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.


109 
3-jadval 
O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari 
Yil 
Davlat byudjeti 
xarajatlari, mlrd. 
so’m 
Davlat byudjeti 
daromadlari, 
mlrd. so’m 
Davlat byudjeti 
kamomadi, YaIM 
ga nisbatan % 
2013 
25833,7 
26223,1 
+0,3 
Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan 
ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga 
kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga 
oshirishning zarurligi; 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga 
bo’lish qabul qilingan: 
1) ichki manbalar; 
2) tashqi manbalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga 
oshirilayotgan davlat zayomlari; 
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi 
summasi; 
• byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining 
o’zgarishi; 
• va boshqalar. 


110 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar 
kiradi: 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy 
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan 
xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni 
qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat 
qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki 
bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. 
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy 
majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining 
daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. 
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: 
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy 
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va 
shartnomalari; 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga 
oshirilgan davlat zayomlari; 
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi 
shartnomalar; 
• o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish 
va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu 
jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar; 
• va boshqalar. 
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli 
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli 
(besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq 


111 
ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining 
miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi 
mumkin: 
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal 
summasi; 
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi; 
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi; 
• va boshqalar. 
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy 
tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari 
bo’yicha majburiyatlar hajmi; 
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy 
tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat 
bo’ladi. 
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati 
sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon 
boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik 
tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq 
keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining 
YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan 
oqilona qarz siyosatining natijasidir.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin