Tayanch so’z va iboralar:
byudjet-soliq siyosati, diskretsion fiskal siyosat,
nodiskretsion fiskal siyosat,
byudjet defitsiti, tarkibiy taqchillik, davriy taqchillik,
byudjetdan moliyalashtirish, davlat ichki qarzlari, davlat tashqi qarzlari.
112
Nazorat savollari
1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati qanday?
2. Diskretsion fiskal siyosat
va nodiskretsion fiskal siyosat o’rtasida qanday farq
mavjud?
3. Byudjet defitsiti deb nimaga aytiladi?
4. Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda nimalar tushuniladi?
5.Byudjet defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbalariga
nimalar kiradi?
6. Davlatning ichki va tashqi qarzlari deyilganda nimalar tushuniladi?
7.Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalariga nimalar kiradi?
8.Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari nimalardan iborat?
113
XII BOB. BANK TIZIMI. PUL-KREDIT SIYOSATI.
12.1. Bank tizimi
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lgan bank tizimlarini
shartli ravishda universal va segmentlangan turlarga ajratish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani
olgandan so’nggina davlat qimmatbaho-qog’ozlari bilan operatsiyalarni amalga
oshirilishi mumkin. Ularga qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun,
to’lov harajatlari funktsiyasini bajaruvchi qog’ozlar uchun (veksel-chek) yoki pul
mablag’larini jamg’armalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi
kog’ozlar (depozit va jamg’arma sertifikatlari) uchun maxsus litsenziya olishlari
shart emas.
Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi
farqini yukotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvi va jamg’arilishi
bilan bevosita bog’liqdir.
Bunday harakat natijasida o’zaro yaqin va o’xshash bo’lmagan kredit
tashkilotlarini yo’qolib ketishi yoki qo’shilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillariga
bog’liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda
farqlarning yo’qolishi va banklar tomonidan funktsional va yuridik xususiyatlarni
bekor bo’lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmokda. Shuni
qayd qilish lozimki, yirik banklarning universallashuvi va global
yo’nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga
ya’ni ma’lum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab
bo’lmoqda. Bu esa ko’pgina mamlakatlarda faoliyot ko’rsatayotgan ko’p bosqichli
bank tizimiga hos xususiyatdir.
Bugungi kunda banklarning ko’p pog’onali bo’lishi ularning tashkiliy
tuzilishiga bog’liq. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bank
tizimi xosdir. Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy
114
bank hali mavjud bo’lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo’lsagina real
(haqikatda) mavjud bo’lishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog’onali
bank tizimi hos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi
pog’ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo’lgan barcha davlatlar pul-kredit
tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o’rni
mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga
bog’liq.
Bu esa o’z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy
omil bo’lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo’ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurligi bozor munosabatlarining qarama-
qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan
erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda
tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maxsus institut
sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida
amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O’zbekiston Respublikasi
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat
olib boradilar. Ularga qo’shimcha litsenziya zarur emas (faqat valyuta
operatsiyalaridan tashqari).
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham
rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank
operatsiyalarini bajaradigan emas, balki shuningdek moliyaviy xizmatlar
ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta
operatsiyalarini bajarganda brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta
miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks
115
ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyb 350 dan ortiq turdagi
moliyaviy xizmat ko’rsatmoqda.
Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta’minlash, uning alohida
bo’g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini
ta’minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy
bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimini) faoliyatini
tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.
Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko’p sonli tijorat banklari va yagona
Markaziy bankka asoslangan bank tizimi shu yo’l bilan vujudga keldi. Deyarli
barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy me’yorlarini tartibga soluvchi,
aniqlovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy
banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank
doimo Davlat va bank belgilarini o’zida mujassamlashtirgan va o’zida davlatning
tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi
bo’lib hisoblanadi. Markaziy Bank - birinchi o’rinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida
vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni
maqsad qilib qo’ymaydi.
Markaziy bank funktsiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o’zgarmay aniq
modifikatsiyalangan ko’rinishga egadir.
Markaziy banklar o’zlarining joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining
pul mablag’larini aks ettiradilar, ularning naqd pullarini to’ldirishga bog’liq
operatsiyalarni amalga oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy
banklar ko’p hollarda davlatning bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan barcha
emission banklarning yana bir asosiy funktsiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar
va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatbaho qog’ozlarini sotish va
olish, xorijiy valyutalarni hamda milliy valyuta kurslarini ushlab turish maqsadida
sotadi va sotib oladi.
116
Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan
operatsiyalar quyidagi to’rt guruhga (turga) bo’linadi:
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish;
2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi;
3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi;
4. Markaziy bank pul- kredit munosabatlarini tartibga soladi va bank
nazoratini amalga oshiradi.
Markaziy banklarga davlat vaqili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni
monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, ya’ni umummilliy kredit pullarini
bosib chiqarish yuklatilgan. Ta’kidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda
banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun
Markaziy bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq
banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi,
chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan ta’minlash va kredit tizimini
likvidliligini ta’minlash vositasi hisoblanadi. Bu funktsiyalar naqd pul muomalasi
ulushi sezilarli bo’lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir.
Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech qanday faoliyat olib
bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo’lib tijorat banklari hisoblanadi. Tijorat
banklari iqtisodiyot va Markaziy bank o’rtasida vositachi sifatida faoliyat
ko’rsatadilar. Markaziy bank banklar banki sifatida tijorat banklarining zahiralarini
saflaydi, jumladan, majburiy zahira talablari shaklidagi pul mablag’larini saqlaydi,
ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy bankda
ochadigan hisob varaqlari orqali mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshiradilar, banklar va boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib
boradilar.
Kapitalidagi mulk shaklidan qat’iy nazar Markaziy bank davlat bilan uzviy
bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank xukumat xazinachisi o’rnida
va kreditori sifatida, vaqili (agenti), moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib
boradi. Bu o’rinda Markaziy bank hukumat tashkilotlarining va korxonalarning
117
hisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yig’adi, to’lovlarni
amalga oshiradi. Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini
amalga oshiradi. Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat
zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o’zining portfelini
to’ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga (xukumatga) to’g’ri gazna
kreditlarini berish bilan shug’ullanadi.
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko’pgina mamlakatlarda Markaziy
bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funktsiyalari
kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun turli usullardan
foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga ta’sir ko’rsatish
maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini o’zgartiradi, turli yo’llar
bilan xususiy investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi.
Davlatning vaqili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltin-
valyuta zahiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun
valyuta bozorlarida valyuta interventsiyasi kabi vositalardan foydalanadi.
Markaziy bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda o’z mamlakati nomidan
qatnashadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan, umuman olganda, Markaziy bankning barcha
funktsiyalari o’zaro bog’liqdir. Davlatga kredit berish orqali Markaziy bank kredit
muomala vositalarini yaratadi. Xukumatning majburiyatlarini chiqarish va qoplash
orqali, u ssuda foiziga ta’sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan funktsiyalari orqali
Markaziy bank o’zining asosiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga solish
funktsiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: |