11.2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat. Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari
va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul
qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli
o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat
107
yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat
xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti
kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet
ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol
o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan
bog’liq.
Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti
qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat
o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan
barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va
foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy
tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
11.3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va
ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik
pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi)
va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga
keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat
transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat
xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi.
Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va
ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari
soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T
ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog’liq. t qancha
yuqori bo’lsa, T chizig’i shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham
shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini
108
oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini
yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.