106
XI BOB. BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI
11.1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish
hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal
siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati
deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq
bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga
qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora
tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat
tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib
chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal
restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G)
kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda
olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish
uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni
oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa,
davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa
davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: