89
b)
agar Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul taklifini
350 mln. so’mga oshirmoqchi bo’lsa, davlat obligatsiyalarini
qanday miqdorda
sotib olishi kerak?
* * *
3.
Iqtisodiyotda pul bazasining hajmi 200 mln.so’m. Deponentlash
koeffitsienti 0,8. Tijorat banklarining rezerv me’yori 20%.
Real pul qoldiqlariga
bo’lgan talab quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: L= 0,4Y – 50i,
daromadning
hajmi Y = 800. Narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini aniqlang.
* * *
4. Pulga bo’lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so’mga teng. Aktivlar
tomonidan pulga bo’lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i
= 20%.
a)
bitimlar uchun pulga bo’lgan talabni aniqlang;
b)
agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo’lsa, pul aylanish tezligi
nechaga teng bo’ladi.
* * *
5. Bank multiplikatori 2,5 ga teng. Pul taklifining qo’shimcha o’sishi 60
mln. so’mni tashkil etdi. Rezerv me’yorini va pul taklifining qo’shimcha o’sishiga
sabab bo’lgan ortiqcha rezervlar hajmini aniqlang.
* * *
6. Iqtisodiyotda pul massasi 2,7 mlrd.so’mga teng.
Pullarni depozitlash
koeffitsenti 0,8 ga teng bo’lsa, naqd pullar miqdori (S) nimaga teng bo’ladi?
* * *
7. Agar yillik nominal foiz stavkasi 280 foizga, yillik inflyatsiya darajasi –
540 foizga teng bo’lsa, real foiz stavkasi qanday bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: