81
VIII BOB. PULGA TALAB FUNKSIYASI
8.1. Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o’rni
Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki
uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi.
Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib,
ayirboshlashning
rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng
qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga
ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi.
Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa
buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.
Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli
hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina
buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik
qog’ozning qiymatini hech qanday
tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda
ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi.
Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar,
banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi.
Ular tovar
ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va
ixchamlashtirishga xizmat qiladi.
Keng ma’noda pul
deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar
kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim,
chunki iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali
tartibga solishga bog’liq.
Hozirgi sharoitda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda pul
massasining asosiy tashkil etuvchilari yoki pul agregatlari quyidagicha:
Pul
1
(M
1
) – “tor ma’nodagi pullar” yoki muomaladagi naqd pullar (M
0
) +
aholi va korxona, firmalarning talab qilib olinadigan omonatlari hamda joriy to’lov
aylanishiga xizmat qiluvchi cheklar.
Pul
2
(M
2
) – bu M
1
+ aholi va korxona, firmalarning muddatli omonatlari.
82
Pul
3
(M
3
) – “keng ma’nodagi pullar” yoki jami pul massasi bo’lib, o’z ichiga
M
2
+ likvidli qimmatli qog’ozlar va byudjet, jamoat
tashkilotlari hisoblaridagi
mablag’lar hamda byudjet mablag’lari va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish
uchun mablag’lar.
Pul
4
(M
4
) – bu M
3
+ banklarda saqlanayotgan pul shaklida bo’lmagan likvid
mablag’lar.
Ayrim mamlakatlarda pullarning bunday bo’linishi boshqacharoq bo’lishi
mumkin. Masalan, Rossiyada M
0
, M
1
, M
2
, M
3
pul agregatlari ishlatiladi. M
0
pul
agregati
bu muomaladagi naqd pullar, M
1
=M
0
+ korxona, firmalarning joriy
hisoblaridagi mablag’lari, ularning depozitlari, aholining
talab qilib olinadigan
depozitlari va davlat sug’urtasi mablag’lari, M
2
pul agregati bu M
1
+ aholini tijorat
banklaridagi muddatli depozitlari, shu jumladan kompensatsiyalar, M
3
pul agregati
M
2
+ sertifikatlar va davlat zayomlari obligatsiyalari.
Dostları ilə paylaş: