80
YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun
davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.
* * *
8. Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o’sishi va bu bilan bog’liq
jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga pasayishiga
olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi.
Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang.
* * *
9. O’tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo’lgan. hukumat
davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o’sishiga erishdi.
Iste’molga bo’lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang.
* * *
10. Iste’mol funktsiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo’jaliklari
daromadi 350ga teng bo’lsa, jamg’arma hajmini aniqlang.
* * *
11. Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom
investitsiyalar hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang:
a)
ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini;
b)
multiplikator miqdorini;
c)
davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad
darajasini.
Dostları ilə paylaş: