O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
makroiqtisodiyot

 
12.2. Pul-kredit siyosati 
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni 
ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish 
maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank 


118 
amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, 
to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan 
iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, 
foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini 
ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy 
Bank qator vazifalardan foydalanadi. 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi: 
1.
Hisob stavkasi; 
2.
Majburiy zaxiralar normasi; 
3.
Ochiq bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi 
pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular 
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat 
obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va 
ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki 
ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini 
sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul 
bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi 
multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni 
sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini 
kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu 
hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi 
tushuniladi.


119 
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar 
siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank 
zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit 
maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar 
tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki 
asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit 
yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy 
bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi 
va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu 
me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat 
banklarining kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat 
o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. 
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va 
baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab 
chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat 
Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar 
yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa 
kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, 
YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z 
maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni 
kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa 
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli 
davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o’sishini 
rag’batlantirgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishgan bo’lsa, uzoq 
muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 


120 
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi 
jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil 
yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib 
kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori 
nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul 
taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning 
ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat 
yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul 
taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga 
solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha 
deb hisoblaydilar. 
Keynschilar pul taklifining YaIMga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshadi deb hisoblashadi: pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining 
o’zgarishiga olib keladi, u esa o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning 
o’zgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi. 
Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaIM o’zgarishi o’rtasida 
yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaIM 
o’zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi. 
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar: 
M x V = R x Y 
Agar R x Y = nominal YaIM bo’lsa, unda tenglamani quyidagicha yozish 
mumkin bo’ladi: 
M = YaIM / V; 
Bu erda: M - pul taklifi; 
V - pulning aylanish tezligi yoki aylanishlar soni; 
R - tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi; 
Y - real YaIM. 
Bunda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, 
keynschilar esa, aksincha, nobarqaror deydilar. 


121 
Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki 
yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib, 
o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish 
uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli 
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. 
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifi o’zgarishi borasidagi siyosatini 
monetar siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat monetarizm nazariyasiga asoslanadi. 
Uning bosh g’oyasi
iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi, bu 
mexanizmning asosiy vositasi pul, degan xulosadan iborat. Pulga bo’lgan talab va 
taklifni oldingi paragrafda ko’rsatilganidek quyidagi bog’lanishga asoslanib 
o’zgartirib turilishi tavsiya etiladi. 
M x V = R x Y 
Bu tenglik bozor iqtisodiyotidagi eng muhim muvozanat bo’lib, unga 
asoslanib, quyidagi bog’lanishlarni aniqlash mumkin: 
Bozordagi baho pul massasi bilan bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlar 
qiymatiga bog’liq. 
P*=

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin