122
Muomala uchun zarur bo’lgan pul massasini davlat muomalaga chiqaradi va
u mamlakat davlat doirasida harakat qiladi.
Muomalada tovarlar bilan
ta’minlanmagan
pulning
paydo
bo’lishi
inflyatsiyani
bildiradi.
Pul
qadrsizlanganda muomaladagi pul ko’payib, unga nisbatan tovar va xizmatlar
kamayib ketadi. Pul birligining xarid kuchi unga sotib olish mumkin bo’lgan tovar
va
xizmatlar miqdoridan kamayadi, natijada ularning bahosi o’sadi. Bu esa o’z
navbatida pulning valyuta kursini pasaytiradi, chunki,
unga nisbatan boshqa
valyutaga ko’proq tovar sotib olish mumkin bo’ladi.
Davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni
ko’paytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni
tovar va xizmatlar massasi
bilan ta’minlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qog’oz
pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori
asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bog’liq bo’lib, unga
nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat
muomaladagi pul miqdorini o’zgartirib, uni normal holga keltirib turadi.
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini
o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan
xolatlarda maqsad foiz
stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga
majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining
ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash
foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati
deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya ta’sirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash
maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga
talab ishlab chiqarish va
daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash
o’rinlidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi.
Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan
123
foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy
bank markaziy zaxira
tizimi vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi. Davlat kreditga bo’lgan
talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil
yo’l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining
qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni
o’zgartiradi. U boshqa banklarga
past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy
yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash
ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi
orqali xazina veksellarini
(majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib
oladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati
monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish
orqali davlat
iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
Dostları ilə paylaş: