124
– banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish
maqsadida
ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini ko’paytirish va aktivlar
sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish;
– respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati
tizimini Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi talablaridan kelib
chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish;
– mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting
tashkilotlari tomonidan qo’llaniladigan me’yor va ko’rsatkichlar asosida baholash
amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish;
– iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga,
ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga
yo’naltirilgan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash,
birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes-
loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish;
– xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabat-
lari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank
sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
2013 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar
banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga
imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy
barqarorligi mustahkamlanib,
moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati
yanada oshdi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha
ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda.
125
Jumladan, 2013 yil bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3
foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan
belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir.
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan
likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan
yuqori darajada saqlanib
qolayotganligi va ushbu ko’rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2
barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har
qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to’la bardosh bera olishini tasdiqlaydi.
Banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatish indikatorlari, jumladan, bank
xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to’g’ri
keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko’pi
yuqori
bahoga to’g’ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to’g’ri
keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag’i soni 1028 birlikni tashkil etib,
bu bo’yicha ham (1000 tadan ko’pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq
kelmoqda.
Shuningdek, yuqoridagi qaror talablari bo’yicha respublika bank tizimida
depozitlar hajmi dinamikasi, kredit qo’yilmalari hajmining o’zgarishi kabi
indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil
20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan,
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank
sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari
tijorat banklarining hududlardagi filiallari ko’rsatkichlarining
yuqoriligini
ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: