126
yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada
qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o’tgan
yilda 66 taga ko’payib, ularning soni 4196
taga etdi, shundan 2156 tasi qishloq
joylarida joylashgan.
Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa to’lovlarni
bevosita aholi
yashash joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan ko’chma kassa
faoliyati yo’lga qo’yildi.
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o’zaro manfaatli
hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda
xorijiy yirik
banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, o’z
navbatida,
moliya
bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada
oshishiga xizmat qilmoqda.
2013 yilda monetar siyosat «Monetar siyosatning 2013 yilga mo’ljallangan
asosiy yo’nalishlari» asosida amalga oshirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan respublika Hukumatining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida belgilab
berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor vazifalari, xususan,
belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning so’zsiz bajarilishini ta’minlashga
qaratildi.
Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlariga muvofiq
iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bo’lgan talabini to’liq qondirish va bank
tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali
inflyatsiya darajasini
belgilangan prognoz ko’rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda Markaziy bank o’z tasarrufidagi
pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalandi.
O’z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi
operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish,
bank tizimi likvidligini
tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.
127
Shuningdek, 2013 yil davomida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank
tizimi sof tashqi aktivlarining ko’payishi hisobiga shakllangan qo’shimcha
likvidlikning inflyatsion bosimga ta’sirini oldini olish maqsadida o’tkazib borilgan
sterilizatsiya operatsiyalarining o’rtacha hajmi 2012 yilga nisbatan 1,2 martaga
oshdi.
Dostları ilə paylaş: