O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
makroiqtisodiyot

Tayanch so’z va iboralar: 
Markaziy bank, tijorat banklari, banklarning aktiv 
operatsiyalari, pul-kredit siyosati, majburiy rezervlar, ochiq bozordagi 
operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi, kreditlar siyosati. 
Nazorat savollari 
1. Bank tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Ikki pog’onali bank tizimi nimani anglatadi. 
3. Markaziy bank qanday funktsiyalarni bajaradi? 
4. Tijorat banklarining funktsiyalari qanday? 
5. Pul-kredit siyosatining mohiyatini tushuntiring. 
6. Majburiy rezervlar nima uchun zarur? 
7. Ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul massasi qanday tartibga solinadi? 
8. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit sohasidagi islohotlardagi 
ustuvorliklar qanday? 


130 
XIII BOB. IS-LM MODELI 
 13.1. Makroiktisodiy muvozanat va unga erishish yo’llari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli 
va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat 
iktisodiyotining to’g’ri yoki noto’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatuvchi 
omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki, iqtisodiyotda bo’layotgan doimiy 
o’zgarishlar xar qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib 
yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi og’ish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha 
ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga o’xshash boshqa salbiy 
hodisalar sifatida namoyon bo’ladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga 
va aholi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy 
muvozanat muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va 
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib 
tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 
1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy kontseptsiyasini izohlash 
uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal 
siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model 
Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida 
birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar 
bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin