O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


Bank tizimi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110
makroiqtisodiyot

Bank tizimi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan 
chora-tadbirlar. 
2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar 
tarmog’i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 837 taga 
etdi. 
Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga 


126 
yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada 
qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o’tgan 
yilda 66 taga ko’payib, ularning soni 4196 taga etdi, shundan 2156 tasi qishloq 
joylarida joylashgan. 
Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa to’lovlarni bevosita aholi 
yashash joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan ko’chma kassa 
faoliyati yo’lga qo’yildi. 
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o’zaro manfaatli 
hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik 
banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 
Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, o’z navbatida, moliya 
bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada 
oshishiga xizmat qilmoqda. 
2013 yilda monetar siyosat «Monetar siyosatning 2013 yilga mo’ljallangan 
asosiy yo’nalishlari» asosida amalga oshirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan respublika Hukumatining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida belgilab 
berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari, xususan, 
belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning so’zsiz bajarilishini ta’minlashga 
qaratildi. 
Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlariga muvofiq 
iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bo’lgan talabini to’liq qondirish va bank 
tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini 
belgilangan prognoz ko’rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi. 
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda Markaziy bank o’z tasarrufidagi 
pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalandi. 
O’z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi 
operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini 
tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi. 


127 
Shuningdek, 2013 yil davomida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank 
tizimi sof tashqi aktivlarining ko’payishi hisobiga shakllangan qo’shimcha 
likvidlikning inflyatsion bosimga ta’sirini oldini olish maqsadida o’tkazib borilgan 
sterilizatsiya operatsiyalarining o’rtacha hajmi 2012 yilga nisbatan 1,2 martaga 
oshdi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin