145
Daromadning qo’shimcha o’sishi kapital qo’shimcha o’sishiga teng.
Agar kapital qo’shimcha o’sishini investitsiyalar sifatida qarasak, ya’ni ΔK=I,
unda ifoda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
ΔY= ϭ x I
Endi iqtisodiyotda jamg’arish me’yori (S
y
) doimiy miqdor hisoblanadi,
jamg’armalar esa investitsiyalarga teng deb faraz qilsak, unda
S= I= S
y
xY
I= ΔY/ ϭ bo’lgani uchun ΔY/ ϭ= S
y
xY bo’ladi. Endi so’nggi tenglamada ϭ ni
o’ng tomonga o’tkazib, ikkala tomonni Y ga bo’lish
orqali Xarrod-Domar
modelining yakuniy formulsini olamiz.
ΔY/Y= ϭ x S
y
ΔY/Y nisbat kapitalning to’liq bandligidagi daromad qo’shimcha o’sishini
o’zida aks ettiradi. Ushbu formulaga muvofiq aniqlanadigan o’sish sur’atini
Xarrod “kafolatlangan” deb atadi,
chunki u mavjud quvvatlarning, mazkur holda
kapitalning to’liq ishlatilishini kafolatlaydi.
O’sish sur’atining “kafolatlangan” tushunchasi
bilan bir qatorda Xarrod
“tabiiy” o’sish sur’ati tushunchasini kiritdi. “Tabiiy” o’sish sur’ati deganda Xarrod
faol aholining o’sishi va texnika taraqqiyoti imkon beradigan maksimal o’sishi
kapital va milliy daromadning shunday o’sish sur’atini ta’minlaydiki, unda kapitpl
va mehnatning to’la bandligiga erishiladi. Biroq, ushbu modelda texnika
taraqqiyoti quyidagi nisbatlarni, ya’ni K/Y va ΔK/ ΔY o’zgartirmaydi:
Dostları ilə paylaş: