O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
makroiqtisodiyot

29-chizma. Lorents egri chizig’i 
Grafikning gorizontal o’qida aholi hissasi (foizi ), vertikal o’qida daromad 
hissasi (foizi) ko’rsatilgan. Agar jamiyatda daromad mutlaq baravar taqsimlangan 
deb faraz qilsak, ya’ni 20 foiz aholi jami daromadning 20 foiziga, 40 foiz aholi 40 
foiziga ega bo’lsa, unda mutlaq tsnglikning bu vaziyatini ifodalovchi chiziq 
bissektrisa ko’rinishiga ega bo’lar edi. Ammo, hayotda aholi o’rtasida 
daromadlarning taqsimlanishi bir xil emas. Masalan, agar aholining 20 foizi A 
nuqta bilan belgilangan daromadlarning ozgina qismini olsa, aholining 40 foizi B 
nuqta bilan belgilangan qismini oladi va hokazo. Bunday holatda daromadning 
haqiqatda taqsimlanishini bildiruvchi chiziq Lorents egri chizig’i deb ataladi. 
Bissektrisa va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi uzilish yoki maydon qancha katta 
bo’lsa, daromad taksimlanishining tengsizlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu 
uzilish kattaligi tengsizlik darajasini ifodalaydi. O’zbekistonda eng past va eng 
yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi tafovut darajasi so’nggi 
yillarda 8 barobarga to’g’ri kelmoqda. Ko’pgina, shu jumladan, qo’shni davlatlarda 
bu raqam mamlakatimizdagi ko’rsatkichdan bir necha barobar yuqori ekani, ya’ni 
o’ta kambag’al va nochor aholi guruhlari va o’ta boylar guruhi orasidagi tafovut 
oshib borayotganini ta’kidlash lozim. 
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirayotgan ijtimoiy 
siyosatimizning aholimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va 
natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2013-yilda xalqimizning real 
Daromad foizi 
Aholi foizi 
Lorents egri chizig’i 
Mutloq tenglik 
chizig’i 


151 
daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va 
stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda pensiyalarning 
o’rtacha miqdori o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu 
ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 
foizdan iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu ko’rsatkichni 41 foizga 
etkazish ko’zda tutilmoqda. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – 
tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan 
ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin