O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


Solou modelida muvozanatli sharoitda asosiy o’zgaruvchilarning tavsifi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
makroiqtisodiyot

Solou modelida muvozanatli sharoitda asosiy o’zgaruvchilarning tavsifi
2
 
Aholi o’sishi va 
texnologik taraqqiyot 
mavjud bo’lmaganda 
Aholi n sur’atda 
o’sganda 
Aholi n va texnologik 
taraqqiyot g sur’atda 
o’sganda 
o’zgaruvchi 
o’sish 
sur’ati 
o’zgaruvchi 
o’sish 
sur’ati 
o’zgaruvchi 
o’sish 
sur’ati 






L
*

n+g 





n+g 
k’= K/L
*


k=K/L 

k=K/L 

k=K/L 






n+g 
y’= Y/L
*


y= Y/L 

y= Y/L 

y= Y/L 

 
Solou modeli iqtisodiyotda muvozonatni va omillarning to’la bandligini 
saqlovchi uzoq muddatli iqtisodiy o’sish mexanizmini ifodalashga imkon beradi. 
Bu model farovonlikning barqaror o’sishining yagona asosi sifatida texnik 
taraqqiyotni ajratadi va iste’molning maksimallashtirishni ta’minlovchi o’sishni 
ta’minlovchi maqbul variantni topish imkonini beradi. 
Biroq, Solou modeli ham kamchiliklardan holi emas.
Birinchidan, bu model uzoq muddatli davrda erishiladigan barqaror 
muvozonatli holatni tahlil qiladi, iqtisodiy siyosatda esa ishlab chiqarish va 
turmush darajasining qisqa muddatli davrdagi o’zgarishi ham muhim. 
2
Агапова Т.А.. Серегина С.Ф. Макроэкономика. Учебник, с.243 


157 
Ikkinchidan, model zamonaviy sharoitda sezilarli ahamiyatga ega bo’lgan 
o’sishni cheklovchi bir qator resurs, ekologiya va ijtimoiy masalalarni qamrab 
olmagan. 
 
15.3. Felpsning jamg’arishni “oltin qoidasi” 
1961 yilda amerikalik iqtisodchi E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi”ni 
keltirib chiqardi. Umumiy holda bu qoidani quyidagicha ifodalash mumkin: 
jamiyatning eng yuqori iste’molini va iqtisodiyotning chidamli holatini 
ta’minlovchi kapitalni jamg’arish darajasi kapitalni jamg’arishning “oltin darajasi” 
deb ataladi. 
Optimal muvozanatli o’sishning birinchi belgisi kapitalning o’sish sur’ati 
kapitalning chekli unumdorligiga teng bo’lganda iste’molning o’rtacha me’yori 
o’zining maksimal darajasiga erishadi

Optimal muvozanatli o’sishning ikkinchi belgisi agar muvozanat holatida 
kapitalning o’sish sur’ati daromadning o’sish sur’atiga mos kelsa, chekli 
unumdorlik nazariyasidan kelib chiqqan holda daromadning o’sish sur’ati daromad 
va kapital o’zgarishlari o’rtasidagi nisbatga teng bo’ladi. 
E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi” deb atagan iqtisodiyotni muvozanatli 
o’sishining uchinchi belgisi agar jamg’arish me’yori kapital bo’yicha ishlab 
chiqarish hajmi elastikligiga teng bo’lsa, iqtisodiyot iste’mol me’yorini 
maksimallashtiruvchi muvozanatli sur’atda o’sishini anglatadi. 
“Oltin qoida”ga mos keladigan fond bilan qurollanish darajasida quyidagi 
shart bajarilishi, ya’ni kapitalning chekli mahsuloti chiqib ketish me’yoriga teng 
bo’lishi lozim. MPK=d, aholi o’sishi va texnologik taraqqiyot hisobga olinganda 
esa MPK=d+n+g. 
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan 
ko’proq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini pasaytirish bo’yicha 
dastur zarur. Bu dastur iste’molni oshirish va investitsiyalarni pasaytirishni 


158 
asoslaydi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga mos 
nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi. 
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan 
kamroq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini oshirish bo’yicha 
dastur zarur. Bu dastur dastlab investitsiyalarni o’sishi va iste’molni pasayishiga 
olib keladi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga 
mos nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi. 
Iqtisodiyotni optimal muvozanatli o’sishiga kapitaldan daromadni to’liq 
investitsiyalangan sharoitdagina erishiladi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin