O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Importga tariflarning ishlab chiqaruvchilarga va iste’molchilarga



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
makroiqtisodiyot

 
17.2. Importga tariflarning ishlab chiqaruvchilarga va iste’molchilarga 
ta’siri 
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni 
importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. 
Importga tariflarning maxsus va advolor turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus 
bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 
barrel neftga nisbatan 2 EVRO. 
Advolor bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz 
tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. 
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni 
biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz. 


174 
30- chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari 
Import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S
1

ichki talab xajmi esa D
1
teng bo’lgan, talab va taklif o’rtasidagi farq (D
1
-S
1

import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida edi, narxlar 
darajasi Re ga teng bo’lgan bo’lar edi hamda talab va taklif muvozanati E 
nuqtada o’rnatilgan bo’lardi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga 
cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw 
bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki narxlar P
W
dan R
d
ga 
qadar ko’tariladi. Endi: 
Import qilinadigan tovarning ichki narxi = Jahon bozoridagi narxi + (Jahon 
bozoridagi narxi x tarif stavkasi). 
Oqibatda iste’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu 
yo’tqotishlar grafikda a , b , s , d sohalar bilan ko’rsatilgan. 
Narxlarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki 
ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman 
shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S
1
dan S
2
ga qadar oshiradi va S
2
-S
1
hajmdagi mahsulot R
d
narxda sotiladi. Shu hajmdagi 
mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng 
yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning 
o’sgan foydasiga aylanadi. 


175 
Narxlarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli 
hajmini D
1
dan D
2
qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan 
ko’rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan qoplanmaydi. 
S
2
- D
2
oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda 
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori narxda sotib oladilar. Buning 
natijasida ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish 
grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. 
Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan 
qoplanadi. 
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan 
qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori 
chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab 
chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish b sohasi 
bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va hech 
kimning foydasi bilan qoplanmaydi. 
Shunday qilib: 
Iste’molchilarning Ishlab chiqaruvchilar Davlat Jamiyatning sof 
yo’qotishlari 
foydasi daromadi yo’qotishi
a + b + s + d - a - 

= b +a 
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar 
foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq 
korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan 
dividentlar sifatida qaytadi. «s» sohada davlat olgan daromadini transfert 
to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish 
haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. Ammo «b» + 
«d» soxalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi bu 
yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida 
milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy 


176 
valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif 
kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d» sohalarning 80 
foizini((16/20) x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi. 
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud 
bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar 
bilan asoslanadi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin