O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
makroiqtisodiyot

 
17.3. Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va 
ishlab chiqarish subsidiyalari 
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import 
tariflari: 

mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; 

mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni 
rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va 
joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi; 

milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; 

davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi; 

milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan 
himoya qiladi; 

iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular 
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k. 
Milliy iqtisodiyotning tiqlanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab 
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm 
siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda 
ishsizlik xavfini tug’diradi. 
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, 
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va 
istiqbolli soha hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoya qilinadi. Tarmoqni tarifli 


177 
himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan, 
O’zbekistonda yanga mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu 
mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan 
keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir dona mashinaning 
narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan 
ehtiyot qismlarining narxi 7000 AQSh dollarini, qo’shilgan qiymat esa 3000 AQSh 
dollarini tashkil etsin. 
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 
4000 AQSh dollariga o’sib, tarif bilan birga 14000 AQSh dollarini tashkil etadi. 
Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 
1750 AQSh dollariga oshirib 8750 AQSh dollariga etkazadi. Oqibatda mahsulot 
birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 AQSh dollariga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 
2250 AQSh dollariga (4000 - 1750 = 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif 
kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 
AQSh dollarini (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi. 
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz. 
E
r
= (E
t
- E
0
) / E
t

Bu srda: E
r
- sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; 
E
t
- bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat; 
E
0
- bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat. 
E
r
= ((3000 + 2250) - 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% 
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 
25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni xaqiqatda 75% tarifli 
himoyalanganligini ta’minlaydi. 
Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor 
mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini 
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi. 
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan 
muloxazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan 


178 
kamroq yo’qotishlar hisobiga xam erishsa bo’ladi degan fikrlar xam qaysidir 
darajada asoslidir. 
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga 
olib keladi. 
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya 
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi. 
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida 
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan. 
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning 
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir 
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S
0
dan S
1
gacha o’sishini ta’minlasa (31- 
chizma), ikkinchi tomondan, iste’moliing mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. 
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. 
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi R
d
, jahon 
narxlari R
w
darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D
0
ga teng. 
Tarif kiritilgan sharoitda esa u D
1
gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat 
farovonligidagi mutlaq yo’tqotish esa «b» sohasidangana iborat bo’ladi. Ayni paytda 
ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining 
samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi. 
Chunki, aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin 
bo’ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi, 
raqobat muxiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi 
kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini 
oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari 
qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab 
chiqarishini xalqaro raqobatdan ximoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga 
keltirish va xalq farovonligani oshirishdan iborat. 


179 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin