O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110
makroiqtisodiyot

14. 2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar 
Iqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga, 
shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan 
omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy 
o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan 
resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv 
omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi. 
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular: 
• tabiiy resurslar soni va sifati; 
• mehnat resurslari soni va sifati; 
• asosiy kapital hajmi; 
• texnologiyalar. 
Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu 
esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan keng 
foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari 
miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va ΔL/L) va texnika taraqqiyoti 
natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (ΔA/A) 
bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y) 
hisoblash imkonini beradi: 


144 
ΔY/Y= ΔA/A+
 
α
 
x ΔK/K+ (1- 
α
) x ΔL/L 
Bunda 
α
 
koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- 
α
) - 
mehnat hissasini ko’rsatadi. 
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 1-
0,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga 
qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga 
olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish 
ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi 
intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan 
foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni 
qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, 
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji 
boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin