O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
makroiqtisodiyot

 
Mavzuga oid masalalar 
1. Mamlakat hukumati avtomobillarga import kvotani bir yilga 600 donadan 
iborat kiritgan. Avtomobillarga jahon narxi bir dona uchun 6000 doll. Mamlakatda 
kvota kiritilgandan keyin ichki narx bir dona uchun 7000 dollargacha ko’tarildi. 
Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki ishlab chiqarish hajmi yiliga 1200 
donani, kvota kiritilgandan keyin esa - yiliga 1400 donani tashkil etadi. Erkin 


185 
savdo sharoitida avtomobillarning ichki iste’moli yiliga 2200 donani, kvota 
kiritilgandan keyin esa - yiliga 2000 donani tashkil etadi. quyidagilarni aniqlang: 
a) kvota kiritilishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug’i;
b) bu chora natijasidagi iste’molchilarning yo’qotishlari; 
v) davlat byudjeti daromadlarining oshishi;
g) millat farovonligining sof yo’qotishlari.
* * *
2. Mamlakat bolalar trikotajini eksport qiladi. Jahon bozorida uning bir 
dona uchun narxi 3 AQSh dollari. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif egri 
chizig’i quyidagi tenglama bilan belgilanadi S = 800 + 200P, talab egri 
chizig’ining ko’rinishi esa quyidagicha: D = 700 - 200P. Mamlakat hukumati 
eksport tarifini kiritgandan keyin ichki narx bir donaga 2 AQSh dollarini tashkil 
etdi. Eksport tarifining quyidagilarga ta’sirini aniqlang:
a) iste’molchilarning farovonligiga;
b) trikotaj ishlab chiqaruvchilarning daromadlariga (yo’qotishlariga), eksport 
hajmiga; 
v) davlat byudjetining daromadlariga; 
g) millat farovonligiga.
* * *
3. Mamlakat hukumati shakarga 10% li import tarif kiritish to’g’risida qaror 
qabul qiladi. Jahon bozorida uning narxi bir tonna uchun 200 AQSh dollari. 
Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif erkin savdo sharoitida 6 mln. t., tarif 
borligida esa - 8 mln. tonnani tashkil etadi. Ichki iste’mol hajmi erkin savdo 
sharoitida - 22 mln. tonna, tarif borligida esa - 20 mln. tonnani tashkil etadi. 
Shunga muvofiq import hajmi erkin savdo sharoitida - 16 mln. tonna, tarif 
borligida - 12 mln. tonnani tashkil etadi. Import tarifi kiritilishining oqibatlarini 
aniqlang:
a) Iste’molchilarning yo’qotishlarini;


186 
b) milliy ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini;
v) davlat byudjetining daromadlarini; 
g) millat farovonligining sof yo’qotishlarini.
* * *
4.
Rossiya engil sport samolyotlaridan bir yil ichida 70 dona ishlab 
chiqaradi. Ulardan 20 donasini iste’mol qilib, 50 donasini eksport qiladi. Erkin 
savdo sharoitida bir samolyotning narxi - 6000 AQSh dollari. Tarmoqni 
rag’batlantirish maqsadida hukumat har bir samolyot qiymatidan 15% miqdorida 
subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 AQSh dollarigacha 
oshib, eksport narxi esa 5550 AQSh dollarigacha pasayadi. Eksport hajmi 70 dona 
samolyotgacha ko’payadi. Subsidiyaning kiritilishi ichki ishlab chiqarish, eksport 
va iste’mol hajmlariga hamda byudjet daromadlariga qanday ta’sir etganligini 
aniqlang. 
* * *
5. Jadvalda berilgan ma’lumot asosida firmalardan qaysi biri demping 
qo’llashda ayblanishi mumkinligini aniqlang: 
Tovar 
birligining 
tannarxi, 
AQSh 
dollarida 
Ichki 
narx, 
AQSh dollarida 
Eksport narxi, AQSh 
dollarida 
Firma A 
100 
100 
110 
Firma B 
100 
120 
110 
Firma S 
100 
90 
105 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin